Asosiy mavzular
15 aprel 2020

15 aprel – dunyoda ilk bor inson havo sharida parvoz qildi

1784 yilning 15 aprelida kunduzi soat ikkida mister Rosso va 10 yashar nog‘orachi bolakay Irlandiyaning Dublin shahridan aerostatda havoga ko‘tarilib, ikki soat parvoz qilib, Retout shahridagi o‘tloqqa qo‘nishdi.

Havo shari savatidagi bolakay butun parvoz davomida nog‘ora chalib, aerostatning qaerda uchayotgani haqida pastdagi olomonga xabar berib turgan.

Bu inson boshqargan ilk uchish uskunasi edi.

Boshqarilmaydigan havo shari savatida parvoz qilgan Jan-Fransua Pilatr de Roze 1785 yil 15 mayda yangi hamrohi Per Romen bilan birga La-Mansh sari parvoz etayotib, havo shari olovda kuygach, 457 metr balandlikdan yerga qulab tushadi.

Bu tarixdagi ilk aviaparvoz bo‘lish birga, dastlabki aviahalokat ham edi.

Jan-Fransua Pilatr de Roze 1754 yili tug‘ilgan. U aviatsiya sohasining yetakchi kashshoflaridan biri bo‘lgan.

Jan-Fransua 1783 yili Markiz d’Arland bilan birga tarixda ilk bor havo sharida parvozni amalga oshirgan.

Fazoga parvoz qilgan anoyilar haqida rivoyatlar ko‘p. Aytishlaricha, Min hukmronligi davrida yashagan xitoy ruhoniysi Van Xu yer yuzidagi ilk fazogir sanalgan.

U fazoga parvoz qilish uchun bambukdan yasalgan o‘rindiq va 47 ta raketa o‘rnatilgan maxsus moslama yasaydi.

O‘zi o‘rindiqqa joylashgach, 47 nafar qul raketalarni o‘t oldiradi. Shu onning o‘zida moslama portlab, atrofga quyuq tutun tarqaladi.

U tingach esa qullar ne ko‘z bilan ko‘rishsinki, moslama ham, uni yasagan ruhoniy Van Xudan ham nom-nishon yo‘q.

15 aprel va parvozlar

Yilnomalarni ko‘zdan kechirish asnosida Eltuz.com ning «Vaqt mashinasi» ijodiy guruhi aynan 15 aprel parvozlar bilan bog‘liq voqealarga tarix bo‘lganiga e'tibor qaratadi.

Ilk uchish uskunasini ixtiro qilgan rassom Leonardo da Vinchi ham 15 aprel kuni dunyoga kelgan.

Leonardo da Vinchiga oid suvratlarda parashyut va tikuchar tasvirlari ham bor. Ilk tikuchar ham taqdir taqozosi bilan 15 aprel kuni havoga ko‘tarildi.

Italyan ixtirochisi Enriko Forlanini tarafidan 1877 yili qurilib parvoz qilgan uskuna hozirgi tikucharlarning bobosi sifatida tarixga kirdi.

Mashhur «Amerikan Eyrlaynz» shirkatining ilk uchog‘i ham 1926 yilning 15 aprelida havoga ko‘tarilgan. Shirkatga oid DH-4 biplanini boshqargan uchuvchi Charlz Lindberg 15 aprel kuni Chikagodan parvoz qilib, Sent – Luiz shahriga pochta jo‘natmalarni yetkazib bergan edi.

2002 yilning 15 apreli koreyslar xotirasida 129 kishi hayotiga nuqta qo‘ygan aviahalokat o‘laroq muhrlandi.

Pusan shahri osmonida portillagan Boeing 767 uchog‘i Janubiy Koreya tarixiga yirik aviahalokat sifatida kirdi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 noyabr 2022
1906 yilning 3 noyabrida Germaniyaning Berlin shahrida o‘tgan Xalqaro radiotelegrafiya anjumanida SOS signali halokatni bildiruvchi mujda sifatida qabul qilindi. ...
13 fevral 2018
13 fevralda Stokholm shahri sudida terror jinoyatida ayblanayotgan o‘zbekistonlik Rahmat Oqilov mahkamasi boshlandi. Ushbu jinoyat ishi 35 kun, ya'ni ...
17 yanvar 2019
DXX rahbari Ixtiyor Abdullaev, sobiq KGB mulozimlari bilan prezident Mirziyoev o‘rtasida tobora avj olgan ko‘rpaosti urushiga oid ushbu videodagi ...
18 oktyabr 2015
Shoxrux Aliboev, 2013 yilning 27 iyunida ota onasidan ajratilib bolalar uyiga topshirilgan edi. +video
Bloglar
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...
14 fevral 2024
«Yoshlar» telekanalida sodir bo‘layotgan korruptsiya oldida «Sport» telekanali direktori Zohid Karimov qo‘y og‘zidan cho‘p ololmaydigan ...
13 fevral 2024
Tarmoqning o‘zbek segmenti o‘zbek davlat ramzlariga nafratni parvarishlamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda mahalla raisi va faollarning davlat ...