Asosiy mavzular
20 aprel 2019

20 aprel – Muhammad payg‘ambar tug‘ilgan kun

Ko‘plab manbalarda Muhammad CAV tug‘ilgan kunlari turlicha talqin qilinadi, biroq sahih deya atalgan ko‘p manbalarda 571 yilning 20 apreli ko‘rsatilgan.

Xususan, Muhammad ibn Muso Xorazmiy ham ayni ma'lumotni qat'iy deb hisoblab: “Bundan boshqasi to‘g‘ri emas”, degan.

Misr rasadxonasining sobiq mudiri, geometriya fanlari doktori astronom Mahmud Posho “Taqvimul arabi qoblal islom” kitobida rasululloh tug‘ilgan kun – rabiul avval oyining 9-kuni dushanba milodiy 571 yil 20 aprel ekanini astronomik hisob bilan aniqlagan.

rasm1182
Musulmon rassomlari Alloh payg‘ambarini yuziga parda tutilgan tarzda tasvirlashgan.

Shuningdek, “Hijri-Gregorian Converter”, ya'ni milodiydan hijriyga va hijriydan milodiyga o‘tkazadigan maxsus kompyuter hisoblagich dasturi orqali hisoblanganida ham ayni sana tasdig‘ini topgan.

Allohning so‘nggi payg‘ambari tug‘ilgan kun ko‘plab musulmon davlatlarida alohida bayram sifatida nishonlanmaydi, biroq Usmonli turk davlati davrida bu kunni “mavludi nabiy” sifatida nishonlash buyurilgan.

Ayni paytda ko‘plab Islom ulamolari bu kunni bayram qilib nishonlanishi noto‘g‘ri ekanini ham iddao qilishadi. Xususan, Zakoiy Ko‘nrapa: “U zotning shaxsiyatiga ko‘rsatiladigan hurmat-ehtiromni u yoki bu kunda marosim o‘tkazish bilan ado etib bo‘lmaydi”, deydi.

Shayx Muhammad Sodiq “Mavlud haqidagi xilof” maqolasida: “Bu oyga musulmon ummati “mavlud oyi” nomini bergan. Mavlud oyida ular o‘z payg‘ambarlari sollallohu alayhi vasallamning tug‘ilishlari va buyuk hayotlarini esga oladilar”, degan.

Ayni paytda Eltuz.com tahririyati Muhammad payg‘ambar tug‘ilgan sana hijriy va milodiy Grigorian kalendariga ko‘ra farqli bo‘lishi mumkinligini e'tirof etadi.

Masalan, Vikipediyada va ayrim manbalarda bu sana 571 yil 22 aprel sifatida ko‘rsatilgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 may 2023
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 30 aprel kuni kechqurun Turkiya razvedka kuchlari tomonidan “Islomiy davlat” guruhi yetakchisi Abulhusayn Al-Qurayshiy ...
17 dekabr 2019
10 dekabr kuni toshkentlik 35 yoshli Amir Sharifullin ikki noma'lum shaxs tomonidan mashinada o‘g‘irlab ketilgan va qandaydir qo‘riqlanadigan joyga ...
1 dekabr 2016
4 dekabr kuni prezidentlik saylovida nomzodi qo‘yilgan bosh vazir Shavkat Mirziyoevga laganbardorlik motivlari shu kunlarda o‘zining cho‘qqisiga yaqinlashmoqda. Shu ...
24 iyun 2019
O‘zbek futboli tarixidagi “nomi qoralar” ro‘yxatida birinchilar qatorida turadigan Samvel Babayan mamlakatning beli eng baquvvat futbol klublaridan biri – ...
Bloglar
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...
12 yanvar 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek ...