Asosiy mavzular
10 may 2023

10 may – o‘zbek kinosi darg‘asi Yo‘ldosh A'zamov tug‘ilgan kun

O‘zbek badiiy kinosiga asos solgan Yo‘ldosh A'zamov 1909 yilning 10 mayida Sirdaryoda tug‘ildi.

Yo‘ldosh A'zamov «Sovkino», «Vostokkino», «O‘zbekfilm»larda ishladi, aktyor sifatida Yu.Rayzmanning «Yer chanqog‘i» (1930), N.G‘anievaning «Yuksalish» (1931) filmlaridagi Qurbongeldi va mexanik obrazlarini yaratdi.

1945 yili u «Tohir va Zuhra» (1945) badiiy filmiga ikkinchi rejissyor bo‘ldi. Urushdan keyingi yillarda esa hujjatli-xronikal filmlar («Xalq qizlari», «Toshkent MYeSi») ishladi.

1934 yili birinchi mustaqil badiiy filmi – «Qilich»ni yaratdi.

Toshkentdagi Yosh tomoshabinlar teatrida rejissyor sifatida bir qancha pesalarni sahnalashtirgan.

A'zamov kinorejissyor sifatida «Gulbahor» (1956), «Maftuningman» (1958), «Furqat» (1959), «Istiqbol yo‘li» (1961), «Oydin sahifa» (1965), «Sayyod qo‘ng‘irog‘i» (1966), «O‘tkan kunlar» (1969), «Olovli so‘qmoqlar» (1971), «Mehrobdan chayon» («Zulmatni tark etib», 1973), «Odamlar tashvishida» (1976), «Ota nasihati» (1979), «Katta va qisqa hayot» (1981), «Parol», «Regina» mehmonxonasi» (3.Rayzman bilan hamkorlikda, 1984) va boshqa filmlarni yaratdi.

A'zamov ijodida o‘zbek xalqining tarixiy va zamonaviy hayoti sahifalarini milliy ruhda ko‘rsatishga intilish ko‘proq seziladi.

Aktyorlar bilan obrazlar ustida chuqur ishlash, barcha harakatlarni qahramon harakteri va ichki dunyosini ochib berishga qaratish rejissyor ijodiga xos.

Yo‘ldosh A'zamov 1985 yilning 16 iyunida 76 yoshida vafot etdi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 avgust 2018
Hukumat buyurtmasiga ko‘ra, o‘zbek muxolifatini yomonotliq qiluvchi kitob yozgan Oleg Yakubov bilan bo‘lib o‘tgan suhbatdan so‘ng 2000 yilning 27 ...
7 avgust 2019
Toshkent markazidagi Pushkin ko‘chasida 6 avgust kuni yuz bergan avariyada kamida uch shaxs, jumladan, IIVning ikki xodimi shikastlandi. Voqea ...
3 oktyabr 2023
Hususiy universitetlarga  O‘zbekistonda qanchalik zarurat bor? Ular yangi korruptsionerlar tayyorlab beradigan maskanlar emasmi? Maqsad halqni ma'rifatli qilishmi, yoki shunchaki ...
26 may 2021
26 may kuni soat 11.00 atrofida 20 chog‘li shallaqi erkak va ayol Toshkentda Jahongir Otajonovning «erkchi»lar uchrashuvi rejalangan xonadoniga ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...