Asosiy mavzular
19 may 2020

19 may – taniqli o‘zbek kinorejissyori Ali Hamroev tug‘ilgan kun

Ali Hamroev filmlari mavzu doirasining kengligi, dinamikasidan tashqari insoniy kechinmalarining chuqur aksi bilan ham zamondoshlari kino asarlaridan ajralib turadi. 

rasm1419
Ali Hamroev “Yettinchi o‘q” filmini olish jarayonida

Rejissyorning “Oppoq laylaklar”, “Inson qushlar ortidan boradi”, “Triptix”, “Yor-yor!”, “Qaydasan, mening Zulfiyam”, “Vodillik kelin” asarlari bunga misol.

Ali Hamroev ijodida yana bir yo‘nalish inqilobiy tarixiy va urush motivlari aks etgan “Favqulodda komissar”, “Yettinchi o‘q”, “Kobuldagi jazirama yoz” filmlarida ko‘rinadi.

O‘zbek kino ustasining xalqaro e'tirofi

Ali Hamroev filmlari nafaqat o‘zbek va sovet hududida, balki xalqaro kinofestivallarda ham yuksak sovrinlarga sazovor bo‘lgan.

rasm1418
Ali Hamroev Parajanov bilan

Uning 1975 yil suratga olgan «Inson qushlar ortidan boradi» filmi Dehli kinofestivalida eng yaxshi rejissyorlik ishi sifatida ikkinchi mukofotga va «Kumush tovus» sovriniga sazovor bo‘ldi.

1979 yil suratga olingan “Triptix” asari esa San-Remo kinofestivalida eng yaxshi asar sifatida Gran-pri sovrinini qozondi.

Ali Hamroev ijodiga italiyalik buyuk rejissyor Mikelanjelo Antonioni ham yuksak baho bergan va Amir Temir haqidagi film ustida ishlash uchun Italiyaga taklif qilgan edi.

Hamroev o‘z mablag‘i hisobidan Afg‘onistonda bo‘lib, 1998 yili Shimoliy alyans liderlaridan biri, o‘zbek generali Abdurashid Do‘stim haqida hujjatli film suratga olgan.

Ijodkor oilaning bobokaloni

Otasi rishtonlik tojiklardan, onasi esa ukrainalik bo‘lgan o‘zbek kino ustasi Ali Hamroev 1937 yili tug‘ilgan, bugun uch farzandning otasi va nevara-chevaralarning bobosi.

Ali Hamroevning otasi Ergash Hamroev o‘zbek kinosi stsenariychisi va aktyori, onasi esa kinostudiya dispetcheri bo‘lib ishlardi.

Otasi Ergash Hamroev 1942 yili Vyazma ostonasidagi janglarda halok bo‘lgan.

Katta qizi Layli kino institutini bitkazgan, endilikda kinoshunoslik bilan shug‘ullanadi. Kichik qizi Asal – jurnalist. O‘g‘li Ali Ergash – kinorejissyor.

Ali Hamroev nabiralaridan biri Xalqaro aloqalar institutini tamomlab, AQSh shirkatlaridan birida ishlayotganini ham g‘urur bilan eslaydi.

Ali Hamroevning “Yettinchi o‘q” filmi (1972)

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
9 may 2019
“Ishdagi ishq”, “Ivan Vasilevich kasbini o‘zgartiradi”, “Sannikov yeri” kabi kinolarni o‘zbek tilida gapirtirgan dublyaj rejissyori Mirg‘iyos Soatov 9 may ...
15 mart 2016
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on kamida 34 kishining umriga nuqta qo‘ygan Anqara portlashlaridan so‘ng “terrorizmni tiz cho‘ktirish”ga va'da bergan ...
6 noyabr 2017
O‘zbekiston Bosh prokuraturasidagi ishonchli manbaning bildirishicha, yaqinda Toshkent viloyati prokuraturasi viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan Yangiyo‘l tumanida yashovchi ...
16 mart 2017
Mirziyoevning Karimov xotirasini abadiylashtirish haqidagi qaroriga bir nechta o‘zbek ziyolilarning qarshi chiqishi ortidan tarmoqda ularni badnom qilishga urinishlar boshlandi. ...
Bloglar
22 oktyabr 2020
Milliy ishlab chiqarishni rivojlantirish degan bahona, niqob yordamida monopollarimiz qonimizni so‘rib yotibdi. Tashqaridan iste'mol mollari ...
20 oktyabr 2020
Bundan o‘n yil ilgari poytaxdagi o‘rtacha ikkita amaldor tushlikka bir millionga yaqin pul sarflashini eshitib ...
15 oktyabr 2020
O‘nta roman yozay, ellikta she'riy to‘plamim nashr etilsin, yozganlarim dunyoning barcha yirik tillariga tarjima qilinsin, ...