Asosiy mavzular
27 iyun 2023

27 iyun – birinchi o‘zbek gazetasi chiqqan kun

Turkistonda birinchi jadid matbuot organi – “Taraqqiy” gazetasi Toshkent shahrida Ismoil Obidov muharrirligida 1906 yil 27 iyundan e'tiboran chop etila boshlangan. Uning tahririyati O‘ratepa ko‘chasidagi 97-uyda joylashgan edi.

Gazetaning bir yillik bahosi 5 so‘m, olti oyligi 2 so‘m 50 tiyin, uch oyligi 1 so‘m 50 tiyin bo‘lgan, bir donasi 50 tiyindan sotilgan. Gazeta to‘rt sahifada chop etilib, unda e'lonlar ham bosilgan. E'lonlar gazetaning birinchi sahifasida satriga 40 tiyindan, oxirgi sahifada satriga 20 tiyindan bosilgan.

“Taraqqiy” gazetasining shiori “Najot: maslakda sabot, to‘g‘rilikda ijobat” edi. Nashr “ilmiy, adabiy, siyosiy, faniy, tijoriy” gazeta bo‘lganligi uning o‘zida ta'kidlab ko‘rsatiladi.

Gazeta faoliyati juda qisqa vaqt davom etdi. Shundan so‘ng M.Abdurashidxonov muharrirligida “Xurshid” gazetasi chiqarila boshlandi. 1907 yil 21 avgustda “Tujjor” gazetasi chiqqan.

27 iyun ayni paytda O‘zbekistonda matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida nishonlanadi

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 avgust 2016
O‘zbekistonni 27 yil davomida shafqatsizlik va qonunga xilof ravishda boshqargan avtoritar prezident Islom Karimov 78 yoshida o‘ldi. Bu haqda ...
24 noyabr 2022
Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Dastlabki shikoyat Samarqanddan. Hibsga olingan o‘spirin yurak kasalidan o‘lganmidi? «Assalomu ...
28 aprel 2021
Rassom Elsevar
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...