ART-DURBIN
10 iyul 2016

O‘zbek paxtakorining maftunkor qiyofasi Moskvada

Moskvadagi ARTSTORY galereyasida ko‘rgazmaga qo‘yilgan asarlardan oltmishinchi yillar Sovet O‘zbekistonining naftalin ifori taraladi.

13533054_1059152200839971_583227174956656398_nIyul so‘nggiga qadar Moskvada “Sharqqa maftunlik” nomi bilan o‘tayotgan Turkiston san'ati ko‘rgazamasi bo‘ladi.

ARTSTORY galereyasining bir nechta zallarida Rossiyadan “Sovet sharqiga” kelgan va ijodini Turkiston bilan bog‘lagan rassomlarning 1930 yildan to 1960 yilgacha chizgan asarlari namoyish qilinmoqda.

Asosan hususiy kollektsiyalarga oid bo‘lgan bu rasmlar rutubatli Moskva sokinlariga Turkiston jazirasini his qildirmoqda.

Aleksandr Volkov, Mixail Kurzin, Nadejda Kashina, Viktor Ufimtsev, Aleksandr Nikolaev va Nikolay Qoraxan kabi “Turkiston avangardi” asoschilarining asarlari ko‘rgazamaga tashrif qog‘ozi bo‘ldi.

Shu bilan birga urush falokatidan omon qolish uchun Turkistonga evakuatsiya qilingan avangard musavvirlar Aleksandr Labas va Amshey Nyurnberg asarlari ham ko‘rgazma to‘ridan o‘rin oldi.
Qalamtasvirni sevadiganlar esa taniqli Sovet grafigi Vladimir Favorskiy tomonidan 1940 yillarda yaratilgan nodir qoralamalarni ko‘rgazmadan topishdi.

Turkistonning rus tasviriy san'ati vakillariga ta'siri professional munaqqidlar tarafidan jiddiy taxlil qilinib ular yaratgan asarlar qadri oshib bormoqda.

Bu o‘z navbatida san'atshunoslikka «russkiy Vostok» va «turkestanskiy avangard» degan atamalarni olib kirdi.

Bu qabildagi ko‘rgazmaning O‘zbekistonda o‘zbek tomoshabini uchun tashkil qilinmagani taassufdan boshqa narsani uyg‘otmaydi.

011-IMG_3376O‘zbek rassomlaridan birining Eltuz.com muxbiriga aytishicha “Mahalliy kuratorlarda dadil Art loyihalar ijobi uchun tashabbus ham elementar imkon ham yo‘q”
Badiiy akademiya deya nomlangan “Rassomlar ministrligi” quyushqoniga qamalgan o‘zbek ijodkorlari hokimiyat ierarxiyasi tarafidan falaj ahvolga keltirilgan.

Bu endi boshqa jiddiy mavzu…

Akmal Rizaev,
O‘zbekistonlik muallif tahallusi, Toshkent
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 iyun 2020
Tarmoqda 2 iyun kuni Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘anievniki deya ishonilgan audioyozuv tarqaldi. Unda davlat mulozimi “So‘x tumanini xaritadan ...
15 dekabr 2017
13 dekabr kuni Toshkent islom universiteti 4-kurs talabasi Asqar Nodirov o‘zbek-qozoq chegarasida o‘tayotib posbon Tolib Fayzievni pichoqlab tan jarohati ...
20 iyul 2017
1 avgustda O‘zbekistonda Oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun imtihon o‘tadigan joylarga bu yil videokameralar o‘rnatiladi, abiturientlardan barmoq izlari olinadi. ...
18 aprel 2024
Isroilning Suriyadagi Eron vakolatxonasiga qilgan hujumiga Tehron dronlar yomg‘iri bilan javob berdi. Hozirda ko‘pchilikni qiziqtirayotgan savol: Endi nima bo‘ladi? ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...