ART-DURBIN
19 iyul 2016

125 yil oldin Moskvadagi “O‘rta Osiyo ko‘rgazmasida” tirik odamlar eksponat bo‘lgan edi

O‘rta Osiyo ko‘rgazmasidagi ekspozitsiya. Rassom Sentsov asari. 1891 yil
O‘rta Osiyo ko‘rgazmasidagi ekspozitsiya. Rassom Sentsov asari. 1891 yil

Rossiya imperiyasi olib borgan ishg‘olchi urushlar natijasida Markaziy Osiyodagi xonliklarga oid ulkan tuproqlar, o‘sha yerlarda yashagan “tuzemets”lar bilan birga Oq podsho mulkiga aylandi. Qo‘qon va Xiva xonligiga qarshi ishg‘olchi urush 1864 yildan to 1873 yilga qadar davom etdi. Markaziy Osiyo asosan qurol kuchi bilan bo‘ysundirildi. Ba'zi bo‘lgalar “o‘zlari istab” Imperiyaga tobe bo‘ldi.

rasm1663
Ko‘rgazma tamg‘asi

Rossiya Imperiyasining yangi tuproqlarni uzoq yillik kuchanishlar ortidan ishg‘ol qilganidan chiqqan hosila 1891 yil Moskvaning “Tarix muzeyi” da as'asayu-dabdaba bilan ochilgan birinchi “O‘rta –Osiyo ko‘rgazmasida ko‘z-ko‘z qilindi.

Keng-mo‘l muzey zallaridagi ko‘rgazma rossiyaliklar tushiga ham kirmagan O‘rta Osiyoning osori-atiqalari haqida bilgi berdi. Masalan ko‘rgazmaga kirish eshigi Samarqanddagi qadimiy masjidga o‘xshatib yasaldi. Ko‘rgazma Rossiya publikasini Buxoro va Xivaning jin-ko‘chalari va ming bir kechani eslatuvchi bu ko‘chalardagi hayot tarzi bilan tanishtirdi. Karvonsaroylardagi sharqona bozorlarning uch o‘lchamli tasviri oq poshsho tobelariga ekzotik ertak kabi ko‘rsatildi. Markaziy Osiyo hayotidagi maishiy buyumlar, zumrad, lojuvard doxil mineral toshlar Moskva turg‘unlarining ko‘zini qamashtirdi. Ipak, atlas, adras va paxtadan bo‘lgan ikat naqshli gazlamalar, meva va meva qoqilari, yong‘og‘u turshaklar ertaklardagi ochil-dasturxon kabi Chor Rossiyasi ra'iyatiga taqdim qilindi.

Ko‘rgazmadagi eksponat
Ko‘rgazmadagi eksponat

Qizig‘i shundaki “Sharq bozori” deb nomlangan zalda O‘rta Osiyoda yashagan elatlar tiplarga ajratilib tomoshaga qo‘yildi. Ermaktalab rossiyaliklar manekenlar qatorida tirik “aborigen”larni ham huddi zooparkdagi tirik hayvonlar kabi “tomosha” qilish imkoni yaratilgan edi ko‘rgazmada. 1870 yildan boshlab “odam zooparki” Yevropadagi G‘arb publikasi uchun yangi ko‘ngil ochish maskaniga aylangan edi.

Yevropadagi “odam zooparklari”da Osiyo va Afrikadan keltirilgan habashu – aborigenlar ko‘rgazmaga qo‘yilgan edi. Chor to‘ntarilganidan keyin uning o‘rniga kelgan Sovet rejimi paytida ham O‘rta Osiyoga oid ko‘rgazmalar Moskvada davom etdi. Faqat insonparvarlik yuzasidan ko‘rgazmaga tirik odamlar qo‘yilmaydigan bo‘ldi. Ular fizkultura paradlariga ko‘chib o‘tishdi.

O‘rta Osiyo ko‘rgazmalari 70 yil davomida Sovet Rossiyasi madaniy hayotining ajralmas qismiga aylandi. 1987 yili o‘zbek rassomlari Medat Kagarov va Vyacheslav Oxunovning Moskvadagi ko‘rgazmasida qatnashgan rus munaqqidining “Tuzemetslar ham moy bo‘yoqda chizishni eplashibdi. Qoyil” degani esimda.

Akmal Rizaev,
toshkentlik muallif tahallusi

Ko‘rgazma fotosuvrati, etnografiya bo‘limi
Ko‘rgazma fotosuvrati, etnografiya bo‘limi

 

Tag‘in o‘qing
12 mart 2021
Bu yerda o‘zlari uchun yig‘lashmas, Bu yerda yig‘latar birovning dardi. Bu yerda birovning g‘ami muqaddas, Bu yerda tabarruk o‘zganing ...
15 may 2018
Mirziyoevning AQShga safari arafasida qamoqdan ozod etilgan o‘zbek faoli Fahriddin Tillaev, xalqaro tashkilot vakillari bilan uchrashuvda erkinliklar va muxolifatga ...
19 yanvar 2023
Eltuzga hajviya yozib berishim kerak. Ilxom parisi kemayapti. Sovuq bo‘lgani uchun qamotlari to‘ngib qolgan bo‘lsa kerak. Issiq guppini ustidan ...
9 aprel 2020
Pandemiya tezda o‘tib ketadi, men hech narsa qilishim shart emas, deb xayol qilayotganlar bo‘lsa, quyidagi ma'lumotlar ularga tahlil uchun ...
Bloglar
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...
14 fevral 2024
«Yoshlar» telekanalida sodir bo‘layotgan korruptsiya oldida «Sport» telekanali direktori Zohid Karimov qo‘y og‘zidan cho‘p ololmaydigan ...
13 fevral 2024
Tarmoqning o‘zbek segmenti o‘zbek davlat ramzlariga nafratni parvarishlamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda mahalla raisi va faollarning davlat ...