ART-DURBIN
27 iyul 2016

Rangtasvir ramkasidan chiqib kino yulduzi bo‘lgan rassom haqida

Bugun Markaziy Osiyoda ishlab chiqarilayotgan “xontaxta” filmlarining chuchmal qaxramonlari odamni zada qilar ekan, o‘tgan asr kinoekranlarini to‘ldirgan jiddiy san'atkorlar qiyofasini sog‘inganimizni his qilamiz. Ulardan biri rassom va kinoakter Suymenqul Cho‘qmorov edi (1939-1992).

Uning san'atdagi g‘ayrioddiy yo‘li, ungagina xos bo‘lgan xarizma va ichki madaniyat hosilasi o‘laroq yaratilgan kino qahramonlari o‘z davriga timsol bo‘la oldi. Garchi Cho‘qmorov ellikdan sal ko‘proq yosh umr ko‘rgan bo‘lsa ham bu umr u yaratgan ekran timsollari siyratiga ko‘cha oldi. U o‘z yaratgan obrazlari bilan ko‘pchilikni maftun qila oldi.

Sovet Ittifoqining turli burchaklaridagi oddiy odamlar bilan birga intelektuallar ham Cho‘qmorovga birdek maftun edi. Sovet intelektuallari nazarida u yangi formatdagi inson obrazini ekranda gavdalantira olgan edi. Professional rangtasvir rassom va mohir muallim Cho‘qmorov sovet madaniyatidagi cheklovu-quyushqonlarni sindirib kino olamiga yorib kira olgan botir ham edi.

rasm1710
Cho‘qmorov o‘zini faol rassom deb bilardi

Sovet kino va teatr olami shafqatsiz an'analardan iborat yopiq bir dunyo edi. Chor davridan meros yopiq bu dunyo eshigi estetlarga ham ochilishi qiyin edi. Bu yopiq hududda olis qirg‘iz ovulidan kelib yulduz bo‘lish, akterlik ma'lumoti bo‘lmagan kishi uchun imkonsiz edi. Faqat favqulloda kuchli talant sohiblari bo‘lgan yorqin shahsiyatlargina bu makonni fath etish sharafiga noil bo‘la olishardi. Cho‘qmorov ana shunday kuchli shaxs edi. Aytishlaricha Cho‘qmorov yoshligida kasallikka chalinib, bir umr mayiblikka duchor bo‘lgan. Ammo qattiq intizom bilan o‘z gavdasini chiniqtiraroq Cho‘qmorov bu hastalikni yenga olgan. Pirovardida Cho‘qmorov nafaqat tuzalib ketdi, balki professional voleybol o‘yini cho‘qqilarini zabt qilib, master sport rutbasiga erisha oldi.

O‘tgan asrning oltmishinchi yillarida SSSR dagi eng nufuzli san'at oliygohi bo‘lgan Leningraddagi Repin nomli san'at institutini bitirganidan keyin Suymanqul Cho‘qmorov Toshkentdagi rassom do‘stlarini tez-tez ziyorat qilar edi. U hali kino yulduzi bo‘lmasidan oldin ko‘pchilik o‘zbek rassomlari bilan do‘st tutingandi. 1968 yildan keyin u kino olamiga shiddat bilan kirib, yorqin kinoobrazlarning butun bir silsilasini yarata oldi. Uning “O‘zbekfilm” kinostudiyada yaratgan obrazlari o‘z davrining belgisiga, timsoliga aylandi.

Rejisser Ali Hamroev suratga olgan “Yettinchi o‘q” filmidagi komissar Maqsumov obrazini sobiq SSSR turg‘unlari hanuz eslaydi. Kinodagi obro‘yiga qaramasdan Cho‘qmorov o‘zini faol rassom deb bilar va muntazam rasm chizar edi. Cho‘qmorov 1975 yili Chingiz Aytmatovning “Qizil olma” hikoyasi asosida suratga olingan filmda rassom obrazini ijro qildi. Asar qish sovug‘ida daraxtda yashirinib qolgan so‘nggi olma haqida edi.

Akmal Rizaev
O‘zbekistonlik muallif taxallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 avgust 2016
O‘zining mashhur «Abdullajon» filmi bilan tanilgan o‘zbek kinorejiseri Zulfiqor Musoqov o‘zining feysbudagi sahifasida Televidenie orqali tsenzura qalingan filmi yuzasidan ...
23 iyun 2017
Shu oyda Turk davlat banki Ziraat bankasi Toshkentda o‘z filialini ochishi kutilmoqda. Bu haqda 20 iyun kuni O‘zbekiston Bosh ...
12 sentyabr 2017
«Eltuz» nashrining Farg‘ona viloyatidagi manbalariga ko‘ra, tumanlarning uzoq hududlarida o‘qituvchi, shifokor va talabalardan tarkib topadigan terim otryadlari uchun yotoq ...
24 fevral 2022
O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi AQSh elchixonasini O‘zbekiston hududida josuslik faoliyatini amalga oshirayotganlikda aybladi. @eltuz olib borgan surishtiruv AQSh elchixonasini ayblash ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...