Asosiy mavzular
2 sentyabr 2016

Karimovni ko‘mish marosimi 3 sentyabrga belgilandi

Samarqand markazidagi qabriston O‘zbekistonni 27 yil boshqargan marhum hukmdorni dafn qilishga hozir.

O‘zbekistondagi ”Eltuz” muxbiriga ko‘ra 1 sentyabrdan beri Samarqandda qolayotgan Bosh vazir Shavkat Mirziyoev janoza bilan bog‘liq tashkiliy ishlarni boshqarmoqda.

rasm1810Bu orada O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 2 sentyabr tongida Islom Karimovning «sog‘ligi birdaniga yomonlashdi»deya shoshilinch habar tarqatdi.
Vazirlar mahkamasi shifokorlarga tayanib prezident vaziyatini «o‘ta og‘ir» deya baholadi.

«Aziz vatandoshlar, chuqur qayg‘u bilan shuni ma'lum qilamizki, o‘tgan sutkada Prezidentimizning sog‘ligi birdaniga yomonlashdi va shifokorlar vaziyatni o‘ta og‘ir deb baholamoqda», – deyiladi xabarda.

”Eltuz” muxbirining aytishicha oddiy aholi Karimovning o‘lganini allaqachon bilib bo‘lgan:

Qo‘l telefonlarida Karimov o‘lganiga bag‘ishlangan marsiya she'rlar tarqatilmoqda. Mana shulardan birini o‘qib bersam.

Yurt Otasi jannat degan joyda endi,
Bugun yig‘lab uyg‘onadi O‘zbekiston!
Bel bog‘laydi million – million o‘g‘loningiz,
Fig‘onlardan tars yorilib ketar osmon.
Obod bo‘lsin endi oxir makoningiz.
So‘ngi yo‘lga kuzatadi O‘zbekiston.

Samarqanddagi oddiy aholiga uydan tashqariga chiqmaslik, buyurildi, dedi ”Eltuz” muxbiri.

Muxbirning o‘z tasarrufidagi ma'lumotlarga asoslanib aytishicha, Karimovning jasadi solingan uchoq 2 sentyabr kuni Samarqandga kelgan.
Unga ko‘ra, Samarqand xalqaro aeroportiga tinimsiz uchoqlar kelmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, 3 sentyabr kuni O‘zbekistonga Rosiya federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va AQSh Davlat kotibi Djon Kerri O‘zbekistonga kelmoqda,

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboevning ham shanba  -3 sentyabr kuni O‘zbekistonga borishi ma'lum bo‘ldi.

Bu haqda Reuters agentligi Qozog‘iston hukumatidagi manbalarga tayangan holda xabar berdi.

Avvalroq Qozog‘iston prezidentining Xitoyga G-20 sammitiga borshi rejalashtirilgani aytilgan edi. Reuters agentligining yozishicha, Nazarboevning

O‘zbekistonga kelishi Xitoy safari kechiktirilganini anglatadi.

2 sentyabr kuni Reuters uchta diplomatik manbaga asoslanib Islom Karimovning o‘lganini ma'lum qildi.

Bundan oldin 29 avgust kuni Eltuz.com O‘zbekiston prezidenti o‘limi haqida habar bergan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 sentyabr 2017
27 sentyabr kuni transport prokuraturasi talabi bilan Yashnaobod tuman ichki ishlar bo‘limiga olib ketilgan yozuvchi Nurilla Otaxonov (Nurilloh Nurulloh ...
6 yanvar 2024
Sog‘liqni saqlash vazirligi ham karvonsaroyga aylandi. Vazir bo‘lib ko‘rmagan kim bor! Rassom Tuz
15 fevral 2017
«Jamiyat» gazetasi (10.02) nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatining «sirli qirralari» haqida maqola e'lon qildi. Unda yozilishicha, «dunyoda o‘z manfaatini boshqalarnikidan ...
4 yanvar 2017
Ukrain xalq artisti, “Verka Serdyuchka” taxallusi bilan sharaflanadigan 44 yashar Andrey Mixaylovich Danilko yangi yilni Toshkentda qutladi. Danilko Toshkentdagi ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...