Asosiy mavzular
5 sentyabr 2016

Nig‘matilla Yo‘ldoshev – O‘zbekistonning muvaqqat prezidentimi?

O‘zbekistonda qatag‘on yillarining qoralovchilaridan biri bo‘lgani iddao qilinadigan 54 yoshli Nig‘matulla Yo‘ldoshev shaxsi haqida matbuotda juda kam eshitganmiz.

Nig‘matilla Yo‘ldoshev 1962 yilning 5 noyabrida Toshkentda tug‘ilgan. Huquqshunos, prokuratura idoralarida ishlagan. 2015 yilning fevralida Oliy Majlis raisi etib tayinlangan.

90-yillarda prokuratura tergovchisi bo‘lgan, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida prokuror, 2003-2006 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Huquqni muhofaza qiluvchisi lavozimida ishlagan.

2006-2008 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i, 2008-2011 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

2011 yili Nig‘matilla Yo‘ldoshev O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri etib tayinlangan.

O‘zbekiston Konstitutsiyaning 96-moddasiga ko‘ra Karimov vafotidan so‘ng prezidentlik vazifasi vaqtincha senat raisi zammasiga o‘tadi. Shundan so‘ng uch oy ichida «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq Prezident saylovi o‘tkazilishi kerak.

Biroq, tag‘in manbalarga ko‘ra, Islom Karimov og‘ir ahvolga tushgani (yoki o‘lgani) aytilgan 29 avgust kuni Nig‘matilla Yo‘ldoshev ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilgan, ammo bu yig‘ilishda Yo‘ldoshevning “Vaqtincha rahbar bo‘lish masalasi kun tartibi”ga qo‘yilmagan.

Hukumat nashrlari esa bugungi kunda faqat Karimov motami mavzuidagi maqolalar bilan to‘lmoqda. Rasmiylar tomonidan na prezident lavozimini o‘tovchi shaxs, na uch oy ichida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan prezedent saylovi haqida hali hech qanday ma'lumot bildirilgani yo‘q.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
9 oktyabr 2020
3 oktyabr kuni Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumani Namozgoh mahallasida istiqomat qiluvchi 41 yoshli eri Ikrom Qayumovdan kaltak yegan 32 yoshli Nigora ...
21 fevral 2024
Eltuzga ushbu maktubni ko‘p yillar davomida ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Navoiy viloyati hokimlari va boshqa mutasaddilarni tanqid qilgan bloger Dildora ...
25 fevral 2024
Bugun o‘zbekistonlik professor olim va muxolifat arbobi Botir Norboev vafot etgan kun. U 2019 yilning 24 fevral kuni 72 ...
9 avgust 2022
Salom qadrli muhlislar. E'tiboringizga Eltuz 600 sekundni taqdim etadi.+++Prezident Administratsiyasi rahbari Cardor Umurzaqov Chilonzor hokimi Mavlonov va  tuman prokurori ...
Bloglar
8 fevral 2025
Shu paytgacha «Anora» degan ikki film olindi. Bittasi yetim qizning ashlachi bo‘gani haqida¸ yana bittasi ...
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...