Prezident vakolati Konstitutsiyaga xilof tarzda Mirziyoev qo‘liga o‘tdi
8 sentyabr kungi Senat majlisida O‘zbekiston respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoev vaqtincha prezident vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Rossiyaning Interfaks axborot agentligi xabariga ko‘ra, ayni qaror Qonunchilik palatasi va Oliy Majlis Senatining bugungi qo‘shma majlisida chiqarilgan.
Bungacha aksariyat nashrlar, jumladan eltuz.com 8 Sentyabr kungi Senat majlisida, O‘zbekiston Konstitutsiyasining 96-moddasiga muvofiq, vaqtincha prezident martabasi O‘zbekiston respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Nig‘matilla To‘lqinovich Yo‘ldoshev zimmasiga yuklatilgani haqida bildirgan edi.
So‘nggi soatda olingan xabarga ko‘ra Senatning bu qarori haqidagi xabarlar rasmiy saytlardan olib tashlangan.
Uning o‘rnida prezident vazifasini vaqtinchalik bajarish martabasiga O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoev tayinlangani, Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev esa o‘z nomzodini qaytib olgani iddao qilinmoqda.
Eltuz.com