Asosiy mavzular
29 sentyabr 2016

Ko‘zbo‘yamachilikka mustahkam poydevor qo‘yilmoqda

O‘zbekistondagi ayrim mahalliy internet nashrlari, jumladan, «Kun.o‘z» sayti mamlakat Kasaba uyushmalari federatsiyasi matbuot xizmatining xabarini chop etdi.

Bu xabarda aytilishicha, O‘zbekiston Respublikasining milliy qonunchiligida majburiy va bolalar mehnatidan foydalanish taqiqlanadi.

Biz bu xabarning e'tibor qaratish lozim bo‘lgan ayrim jihatlariga to‘xtalib o‘tamiz.

Avvalo, u aholi e'tiborini majburiy va bolalar mehnati taqiqlangani masalasiga qaratishni emas, balki «har bir fuqaro paxta yig‘im-terimida ixtiyoriy tarzda qatnashish huquqiga ega»ligini ta'kidlash maqsadini ko‘zlagani shunday bilinib turibdi.

Mana, o‘zingiz o‘qing: «O‘zbekistonning har bir fuqarosi paxta yig‘im-terimida ixtiyoriy tarzda qatnashish huquqiga ega. Agarda sizning huquqlaringiz buzilsa, 1092 ishonch telefoni bo‘yicha qo‘ng‘iroq qiling”.

Bundan «terimda qatnashish huquqingiz buzilsa, ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling», degan ma'no kelib chiqyapti-ku, shunday emasmi!?

Qolaversa, xabar paxta terimiga majburlab jo‘natilayotgan aholi vakillari uchun emasligi, balki bu jarayonni kuzatib kelayotgan xalqaro tashkilotlar bilan muzokaralarda o‘ziga yarasha «ko‘zir qarta»ga ega bo‘lishni ko‘zlashi yaqqol ko‘rinib turibdi.

Ya'ni «biz hatto aholi o‘rtasida majburiy mehnat qonunga zid ekani to‘g‘risida tushuntirishlar o‘tkazdik», degan iddao qilinishi uchun poydevor qo‘yilyapti.

Bundan tashqari, bu xabar ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroqlar deyarli bo‘lmaganini (chunki bu qo‘ng‘iroq hech narsa bermasligini, aksincha, qo‘ng‘iroq qilinuvchining o‘ziga qarshi qo‘llanilishini ko‘pchilik biladi) paxta terimiga jalb etilganlar bu jarayonda «ixtiyoriy» ravishda ishtirok etmoqda, deb ko‘rsatish uchun ham zarur.

Aslida majburiy mehnat mexanizmining bir murvati hisoblanmish Kasaba uyushmalari federatsiyasining asl maqsadi bu jarayoni ko‘zdan yashirishga urinish bo‘lganidan keyin yana undan nimani kutish mumkin?!

Odamlarning shikoyat qilmasligiga bir sabab, ular bilan birga paxtada bo‘ladigan boshliqlari, direktorlari shikoyati uchun ularni shu zahoti yoki kelgusida ta'zirini berishi mumkin.

Kasaba uyushmalari federatsiyasi esa hech qachon, odamlar huquqini himoya qila oladigan real institut bo‘lmagan.

U odamlar ishonchiga sazovor bo‘la olmaydi ham, chunki ko‘p yillar davomida odamlar ongida, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi (O‘KU) vazifasi hukumat siyosatini himoya qilishga qaratilgan yana bir davlat organidir, degan fikr shakllangan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 yanvar 2017
Farg‘ona viloyatida xalq ta'limi va boshqa byudjet tashkilotlari xizmatchilari bug‘doy ekilgan dalalarga mahalliy o‘g‘it – go‘ng sochishga chiqarildi. «Tuman ...
4 may 2021
Bugun «Sattoriy ishi» bo‘yicha ayblanuvchiga 5 ta ish bo‘yicha ayblov qo‘yilganini bildirilib, unga 11 yil qamoq jazosi berish so‘raldi. ...
3 dekabr 2023
Eltuzning kriminal yangiliklar berayotganiga qarshi «maqola» nashr qilishibdi. Grammatik xatolarga liq to‘la anonim maqola! Hali Salim qamoqqa olinishidan oldin ...
11 noyabr 2015
Rassom: Tuz Eltuz.com
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...