Asosiy mavzular
18 oktyabr 2016

Internetdan qo‘rqish kasalligi

O‘zbekiston nashrlarini kuzatib, internet to‘g‘risida turli vahimalar, uning zararini ko‘pirtirib ko‘rsatish barcha nodemokratik tuzumlardagi matbuotga xos xususiyat, degan to‘xtamga kelish mumkin.

rasm881O‘zbek matbuotida har kuni bo‘lmasa-da, kunora internetning zarari haqida maqolalar e'lon qilinib turishini avval ham aytgandik. Ularda ko‘proq internetning «milliy mafkuraga salbiy ta'siri, buzg‘unchilikni targ‘ib qilishi» haqida so‘z borardi.

Bu safar esa «Milliy tiklanish» gazetasi (12.10) neyroxirurgiya sohasi professori Ortiqboy Ernazarovga tayanib, «internet shaxsda fikriy rivojlanishni, mushohada, tahlil qilish, qobiliyatini, izlanuvchanlik va xotirani susaytiradi», deya xulosa chiqardi.

Gazetada yozilishicha, o‘zbekchada «chug‘urlamoq», «valjiramoq» ma'nolarini anglatuvchi «Twitter» ijtimoiy tarmog‘ida «axborotlar hech bir mas'uliyatsiz (asos-dalilsiz, yolg‘on-yashiq, mish-mishlar) tarqatilishini kuzatish mumkin».

Albatta, internetning hamma jihatlarini ham yaxshi deb bo‘lmaydi. Chunki unda zararli axborotlar ham ko‘p.

Ammo o‘zbek matbuotidagi maqolalardan ularning mualliflari aslida internetning erkin fikrlashga o‘rgatish, mavjud tuzumning salbiy xatti-harakatlaridan aholini xabardor qilish qudratidan qo‘rqayotganini sezish qiyin emas.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 oktyabr 2020
O‘nta roman yozay, ellikta she'riy to‘plamim nashr etilsin, yozganlarim dunyoning barcha yirik tillariga tarjima qilinsin, million nusxada kitob bo‘lsin, ...
23 mart 2017
Rossiyalik mashhur xonanda Boris Grebenshikov yaqinda qamoqdan chiqqan jurnalist, Muhammad Bekjonga maktub yo‘lladi. Eltuz muxbiri bilan suhbatda sobiq siyosiy ...
10 mart 2020
Rassom Kirpi Eltuz.com
24 oktyabr 2015
N. Imomov Eltuz.com … Musoqul chol har kungidek qirda qishloqni tomosha qilib o‘tirardi. – Buncha hansiraysan? – Qodirboy mallaning ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...