Asosiy mavzular
24 oktyabr 2016

Yelkadosh bitta, qolganlar faqat «nomzodlikka munosib nomzod»

O‘zbekistondagi siyosiy partiyalar 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezident sayloviga o‘z nomzodlarini ko‘rsatib bo‘ldi.

Eng so‘nggida muvaqqat prezident va amaldagi bosh vazir Shavkat Mirzieyov shunday «baxt»ga musharraf ko‘rildi.

Mana shu o‘rinda prezidentlikka ko‘rsatilayotgan nomzodlar haqida e'lon qilinayotgan materiallardagi bitta jihat e'tiborimizni tortdi.

Bu materiallarda nomzod Shavkat Mirzieyov to‘g‘risida gapirilayotganda uning «keng miqyosli islohotlarni amalga oshirish, mustaqil davlatchilik asoslarini barpo etish va mustahkamlashda, bozor tamoyillariga asoslangan mutlaqo yangi iqtisodiy tizimni shakllantirishda» marhum Islom Karimovga «uzoq yillar yelkadosh bo‘lib ishlagani, o‘zining butun faoliyatini Vatanimiz ravnaqiga bag‘ishlab kelayotgan inson ekani, yurtdoshlarimiz orasida haqli ravishda katta hurmat va obro‘-e'tibor qozongani» tildan tushmayapti (iqtiboslar O‘zA materialidan).

Boshqa partiyalardan ko‘rsatilgan nomzodlar ham Islom Karimov davrida katta mansablarda ko‘p yillar ishlagan bo‘lsa-da, bechoralarga «elkadoshlik» maqomini olish nasib etmayapti.

Masalan, «Adolat» gazetasi (18.10) shu nomdagi partiya yetakchisi Narimon Umarovning nomzodi prezidentlikka ko‘rsatilgan qurultoy haqida deyarli to‘rt sahifalik material e'lon qildi. Eng e'tiborlisi, bu materialning biror yerida «birinchi prezidentimiz»ning nomi keltirilmagan.

N.Umarov to‘g‘risida fikr bildirgan partiyadoshlari ham marhum prezidentni eslatishni ep ko‘rmay, nomzodning «to‘g‘ri tanlangani»ni aytish bilan cheklangan.

Boshqa nomzodlar haqida ham (Mirziyoevdan tashqari albatta) shunday deyish mumkin. Go‘yoki ular o‘zlarini Islom Karimov nomi bilan bog‘lashni istamayotgandek taassurot uyg‘otmoqda.

Balki nomzodlarning ikkitasi avvalgi prezident saylovida I.Karimovga «raqib» bo‘lgani uchun ular «elkadoshlik»dan mahrum qilingan bo‘lishini taxmin qilish mumkin. Ammo yangi nomzod – «Milliy tiklanish» partiyasi yetakchisiga o‘zi ham shu maqomda ekanini iddao qilishga nima xalaqit beryapti ekan?

Nega uchta partiya nomzodlari bir vaqtlar otasidanda ziyoda madh etib kelgan marhum rahnamosiga xiyonat qilyapti?

Yoki o‘zini I.Karimov boshlab bergan yo‘lni davom ettiruvchi deb e'lon qilgan Sh.Mirziyoevdan boshqa nomzodlar marhumning merosidan, uning obro‘sidan foydalanish imkonidan mahrum etildimikin!?

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 avgust 2020
Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi sobiq elchisi Jozef A. Presel xotiralaridan 2020 yil 19 avgust Men 1997 yil oktyabr oyida ...
12 noyabr 2018
Bugungi kunda o‘z maxsulotini mamlakat ichida muvaffaqaiyatli sotayotgan “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd.” MChJ QKsi o‘z brendini turk kompaniyasiga boy ...
9 yanvar 2017
Yangi yil arafasida O‘zbekistonda qorqiz kaltaklandi. Yangi yil kechasi esa Istanbul shahridagi tungi klubda o‘zbekligi iddao qilingan Abduqodir Masharipov ...
16 aprel 2019
Toshkent shahrining Shayxontohur tumani ma'muriy ishlar sudi 15 aprel kuni huquq faoli, 68 yashar A'zam Turg‘unovning ichki ishlar xodimi ...
Bloglar
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...