Asosiy mavzular
27 oktyabr 2016

Samandar Qo‘qonovning ozod etilgani haqidagi xabar tasdiqlanmadi

Bugun o‘zbek turmasida 23 yilu 4 oy qolgan 72 yoshli Samandar Qo‘qonov ozod etilgani haqida tarqalgan xabar noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi.

Bundan bir xafta burun uning tergovga tortilgani va unga qo‘shimcha muddat berilishi mumkinligi haqida xabar tarqalgan va hatto uni amnistiya bo‘yicha ozod etish harakatlari boshlab yuborilgan edi.

27 oktyabr kuni ertalab ijtimoiy tarmoqda Samandar Qo‘qonovning ozod etilgani haqida xabar paydo bo‘ldi, biroq eltuz.com manbalarining o‘rganishicha, u hamon Navoi turmasida qolayotgani ma'lum bo‘ldi.

Islom Karimovning shaxsiy dushmai sifatida qamoqda saqlanayotgan siyosiy mahkumning boshqa muassasaga etap qilish harakatlari, uning ozod etilgani haqidagi gap so‘zlarning tarqalishiga sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston Oliy kengashi deputati, «Erk» Demokratik partiyasi a'zosi va Chinoz neftni qayta ishlash korxonasi sobiq boshlig‘i bo‘lgan Samandar Qo‘qonovga berilgan so‘nggi qamoq jazosi 6 oktyabr kuni to‘liq tugagani ma'lum va u bugungi kunda O‘zbekiston tarixida qamoqda eng uzoq qolayotgan siyosiy mahkumdir.

Samandar Qo‘qonovning ozod etilgani haqidagi xabarni Jazoni Ijro etish Bosh Boshqarmasi ham tasdiqlagani yo‘q.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 sentyabr 2016
Ertalabdan machit ostonasidan bolalarni haydash boshlandi. Imom ham sobiq prezidentni avliyo darajasiga olib chiqib qo‘ydi. Televizor, radio va gazetalar ...
6 iyul 2016
30 yashar O‘zbekiston vatandoshi Munisa Oyxo‘jaeva Turkiyaga kelguniga qadar 128 kilo tosh bosgan edi. Semizlikni hastalik deb bilgan Munisa ...
1 aprel 2019
Toshkentda 23-26-mart kunlari maktab o‘quvchilari ishtirokida o‘tgan «Qizlarjon» sammiti ishtirokchilari «ota-onalarni uzoq muddatga chet mamlakatlarga ishlash uchun chiqishlarini cheklash ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...