Asosiy mavzular
2 noyabr 2022

2 noyabr – O‘zbekistonda MXX tashkil topgan kun

2018 yilning yanvarida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev farmoni bilan Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) Davlat xavfsizlik xizmati (DXX)ga aylantirildi. Lekin bu bilan ayni maxfiy tizilmaning tamoyili o‘zgargani yo‘q.

Bundan ilgari – 1991 yilning 2 noyabrida Vazirlar Mahkamasining 278-qarori bilan O‘zbekiston SSR – ittifoq respublika Davlat xavfsizligi qo‘mitasi (KGB) O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati(MXX)ga aylantirilgan edi.

Vazirlar Mahkamasining raisi Islom Karimov imzolagan qarorda O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991 yil 25 avgustdagi va 26 sentyabrdagi farmonlari asosida tashkil etilgani aytiladi.

Qizig‘i shundaki, mazkur qudratli idorani bir qo‘lga topshirilishini anglatuvchi nizom haqidagi prezident farmoni ham, nizomni tasdiqlovchi bosh vazir qarori ham bitta odam – Islom Karimov tomonidan imzolangan.

Yakkahokimlikka asos solingan kun

MXXning o‘sha kuni tasdiqlangan nizomida O‘zbekistonning bu eng qudratli nazorat idorasi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunishi» ta'kidlangan.

Shuningdek, o‘sha yili taqdirning taqozosi bilan prezident Islom Karimov bir vaqtning o‘zida bosh vazir ham edi. Bir vaqtning o‘zida ikkita alohida hokimiyat organi ustidan hukmronlik tizginini qo‘lga kiritgan Karimov arqonni uzunroq tashlash va chuqurroq ildiz otishni ko‘zlagan edi.

Asosiy vazifasi mamlakat ichkarisida va tashqarisida «razvedka va kontrrazvedka faoliyati bilan shug‘ullanish va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish hisoblangan» maxfiy idoraning bitta shaxsga bo‘ysundirilishi O‘zbekistonda hokimiyatning keyingi 25 yil davomida Karimov tomonidan uzurpatsiya qilinishiga asos bo‘lgan edi.

Bugungi kun parallelidan kelib chiqib bir vaqtning o‘zida ham bosh vazir va ayni paytda konstitutsiyaga zid bo‘laroq muvaqqat prezidentlik lavozimini qo‘lga kiritgan Shavkat Mirziyoev harakatlarida ayni tarix takrorlanayotganini kuzatish mumkin.

Shuhrat Nusratov: «Ertaga bizni qamashadi, ertaga sizni qamashadi»

1991 yili O‘zbekiston Oliy Kengashining tarixiy yettinchi sessiyasida mazkur nizomning ayni bandini va bu haqdagi prezident farmonini keskin tanqid qilgan sobiq deputat Shuhrat Nusratov ushbu qaror eng yomon oqibatlarga olib kelishini bashorat qilgan edi.

“Razvedka va kontrrazvedka organlari barcha texnik vositalari bilan birgalikda bitta odam, ya'ni Karimovning qo‘liga berib qo‘yilmoqda. Bu mumkin bo‘lmagan bir narsa. Bunga sira yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Agar bunga yo‘l qo‘ysak, bizni 37- 40 yillardagidek qatag‘onlar kutadi. Oqibatlarni hatto taxmin ham qila olmaymiz. O‘rtoqlar, bizni kutayotgan dahshat ko‘lamini taxmin ham qila olmayapsizlar, ayniqsa, bizning prezidentning jilovsiz xarakterini hisobga olsak. Ertaga bizni qamashadi. Ertaga sizni qamashadi”, degan edi 1991 yili O‘zbekiston parlamenti minbaridan turib Nusratov.

O‘sha sessiyadagi nutqidan ko‘p o‘tmay Shuhrat Nusratov Kuybishev tumani (hozirgi Mirzo Ulug‘bek tumani) partiya qo‘mitasining birinchi kotibi lavozimidan olindi, parlamentdan chetlatildi va keyinchalik iqtisodiy ayblovlar bilan qamoqqa olindi.

Yetti yilga qamalgan 69 yoshli sobiq deputat Shuhrat Nusratov 2016 yilning aprelida ozodlikka chiqarildi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 oktyabr 2018
Ukraina hukumatining istalmagan shaxslari ro‘yxatiga kirgan 43 yashar Artyomiy Lebedev Toshkent hokimligidan katta buyurtma oldi. Rossiya ishg‘ol qilgan Qrim ...
11 iyul 2017
Prezident Mirziyoevning maktablarni 11 yillik tizimga qaytarish, buning uchun kollejlarni yopish taklifi O‘zbekistondagi ko‘pchilik tomonidan olqishlanmoqda. 18 iyun kuni ...
21 yanvar 2020
“Kamolotchi” barmog‘ini bigiz qildi va chekkada o‘tirgan vasyokni o‘rnidan turg‘azdi. – Ho‘v san, qani o‘rningdan tur-chi! Qatta ishlaysan? Ko‘rinishingdan ...
14 noyabr 2019
Kecha Lolaning klipidan so‘ng qo‘shtirnoq ichidagi «ma'naviyat» yana dolzarb mavzuga aylandi. Ko‘pchilik Lolaning «isyon»ini olqishlagan bo‘lsa, ma'naviyatchi va radikallar, ...
Bloglar
3 noyabr 2022
1906 yilning 3 noyabrida Germaniyaning Berlin shahrida o‘tgan Xalqaro radiotelegrafiya anjumanida SOS signali halokatni bildiruvchi ...
1 noyabr 2022
Ulug‘ o‘zbek shoiri va muholifat lideri Muhammad Solih bilan suhbatning 11-qismi Turk birligi g‘oyasi va ...
25 oktyabr 2022
Ulug‘ o‘zbek shoiri va muholifat lideri Muhammad Solih bilan suhbatning 10-qismida muxbir undan o‘z ota-bobolari ...