Asosiy mavzular
7 noyabr 2016

Abdulla Oripovning dafn marosimi payshanbaga qoldirildi (yangilangan)

Shanba ertalab joni uzilgan Abdulla Oripov toshkentliklar kommunist-mozor deb aytadigan Chig‘atoy qabristoniga oldin rejalangani kabi seshanba kuni xam, keyinchalik qoldirilgani kabi chorshanba kuni xam emas, balki payshanba kuni dafn qilinishi mo‘ljallanayotgani bildirildi.

«Shoir jasadi solingan temir tobut kechikdi. Tobut Texasdan Nyu-Yorkka, Nyu-Yorkdan Moskvaga keltiriladi. Chorshanba kuni prezident uchog‘i Moskvaga borib Oripovni tobutini yuklab qaytadi», degan edi bundan ilgari eltuz.com manbaci.

Keyin esa, xali xam tobut Amerikadan yetib kelmagani, muftiy Usmonxon Alimov va Vazirlar Maxkamasi Diniy ishlar qo‘mitasi raisi Ortiqali Yusupovlar shoirning oila a'zolari bilan janoza marosimini qachon o‘tkazishni kelishib olishgani xaqida xabar keldi.

Bundan oldin shoirning janozasi shanba kuni Xyuston shahridagi masjidda o‘qilgan edi.

Manbalarga ko‘ra, shanba va yakshanba kunlari o‘lik jo‘natishga mutasaddi tashkilotlarning ishlamasligi mayitning O‘zbekistonga yuborilishini paysalga solingan.

Eltuz.com manbasining aytishicha, yakshanba kunidan boshlab shoirning Do‘rmondagi hovlisiga fotiha o‘qish uchun odamlar kela boshlagan.

Duogo‘ylarni shoirning akasi Abdurazzoq Oripov va shoirning qizi Shoira Oripova kutib olmoqda.

O‘zbekiston Xalq shoiri, O‘zbekiston qahramoni Abdulla Oripov 5 noyabr kuni ertalab AQShning Xyuston shahrida 75 yoshida vafot etgan edi.

«Qora lola» shoirga so‘ng maskan hozirlamoqda

Shoirni Chig‘atoy qabristoniga ko‘mish tadorigi Toshkentdagi «Qora lola» dafn xizmatlari byurosi zimmasiga yuklatilgani aytildi.

Qabristoni ma'muriyati, «Qora lola» dafn xizmatlari byurosi va Toshkentdagi Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi rasmiylarining nashrimizga tasdiqlashicha shoir uchun qabriston markazidan joy ajratilgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
31 oktyabr 2020
Joriy haftada “Uzbekistan GTL” zavodi xodimlari kasaba uyushmasi raisligiga Qarshi shahri hokimi lavozimida ishlagan Shuhrat Tursunov tayinlandi.  Mazkur zavod ishchilari oylik yo‘qligi ...
30 oktyabr 2015
Bugun Lo‘s Anjalusdagi qasrimning minglab xonalaridan birida adashib qolib eshikmikan deb ishkopni ochibman. Qarasam shaqqildoq turibdi. Oldindan aytay bugungacha ...
22 fevral 2023
Xorazm viloyati Xonqa tumani hokimi Davlatov Muradbek Saparboevich «sud hokimiyati» degan tushunchadan mutlaqo xabarsiz.   45 yoshga kirib qo‘ygan, ...
9 oktyabr 2017
Jurnalist Bobomurod Abdullaning qamoqqa olinishi ortidan, o‘zbek hukumati uzoq muddat qamoqda saqlangan bir nechta huquq faollarini ozod qildi. 7 ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...