Asosiy mavzular
24 noyabr 2016

Ilmiy daraja olish biznesi

«Hurriyat» gazetasida (23.11) gazetasida «Munozara uchun mavzu» rukni ostida «Fan biznesmi yoki ilm?» sarlavhali maqola chop etildi.

Maqola O‘zbekiston prezidentining 2012 yilda qabul qilingan «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmonidan ijobiy iqtibos bilan boshlangan bo‘lsa-da, mohiyatan ushbu farmon tufayli yosh olimlarga ilmiy daraja berish tizimi bugun ayanchli ahvolga kelib qolgani haqidadir.

Muallifning yozishicha, hozir fan doktori ilmiy darajasini olish uchun maxsus ro‘yxatdagi mahalliy nashrlarda dissertatsiya mavzusiga oid kamida 15 ta ilmiy ish, xorijning ixtisoslashgan nufuzli ilmiy jurnallarida 2 kam bo‘lmagan miqdorda maqolalar chiqarish sharti belgilab qo‘yilgan.

Muallif bu xorijiy nashrlarda maqola chiqarishning rasmiy narxi 500 dollardan 3000 dollargacha ekani, «mahalliy nashrlarda ham rasmiy va norasmiy to‘lovlar mavjudligi»ni aytib, oddiy oiladan chiqqan har tomonlama iqtidorli va intellektual salohiyatli yosh mutaxassislar bu xarajatlarni ko‘tara olmay, fanni tashlab ketayotganiga ishora qiladi.

Haqiqatan ham hozir O‘zbekistonda ilmiy ishini yozib tugatganiga bir necha yillar bo‘lgan, ammo shart qilib qo‘yilgan nashrlarda maqolalarini e'lon qildirishga mablag‘ topa olmayotgan yosh olimlar juda ko‘p. Ularning bir qismi O‘zbekistonni tark etib, omadini boshqa mamlakatdan yoki sohadan izlayotgani ham bor gap.

Maqolada bu shartlar haqiqiy yosh olimlarga emas, balki tanish-bilishi yoki moliyaviy imkoniyatlari mavjud, ammo fanga qiziqishi bo‘lmagan, «qachonlardir va qaerdadir asqatib qolishini o‘ylab» ilmiy daraja olishni ko‘zlayotganlarga qo‘l kelayotganiga e'tibor qaratiladi.

«Yuqorida qayd etilgan holatlar fanning biznes ob'ektiga aylanib qolayotganidan dalolat emasmikin», deya savol tashlaydi muallif va xulosa qiladi: «Maqola mavzusi – fanni biznes ob'ektidan chiqarish yoki uni xalq va millat manfaati uchun xizmat qildirish umumiy ishimiz ekanini eslatib qo‘yish edi».

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 noyabr 2020
29 oktyabr kuni O‘zbekiston ilm olami o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan yo‘qotishga uchradi – taniqli sharqshunos-turkolog Andrey Kubatin koronavirusning og‘ir asoratlari ...
26 avgust 2016
O‘z tomorqasida meva sabzavot yetishtirgan dehqonlarning hosilini erkin sotishiga ruxsat berilmayotgani, ularga militsiya va kuchishlatar idoralari orqali bosimlar ko‘rsatilayotgani ...
2 may 2017
Bugun «ochiqlik», «xalq dardini tinglash», «aholining huquqiy v qonuniy manfaatlarini himoya qilish» kabi balandparvoz so‘zlar o‘zbek matbuotidagi o‘ziga xos ...
10 dekabr 2019
O‘zbekiston musulmonlari idorasida rais o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Dilshodbek Hoshimov ushbu muassasaga Jasliq qamoqxonasi mulozimligidan kelgan edi.  D.Hoshimov Jasliqda katta ...
Bloglar
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...
14 fevral 2024
«Yoshlar» telekanalida sodir bo‘layotgan korruptsiya oldida «Sport» telekanali direktori Zohid Karimov qo‘y og‘zidan cho‘p ololmaydigan ...
13 fevral 2024
Tarmoqning o‘zbek segmenti o‘zbek davlat ramzlariga nafratni parvarishlamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda mahalla raisi va faollarning davlat ...