Asosiy mavzular
1 dekabr 2016

Otamurodov: Biz hech kimning madaniyatiga muhtoj emasmiz!

«Milliy tiklanish» gazetasi (30.11) shu nomdagi partiyadan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod etib ko‘rsatilgan Sarvar Otamurodovning saylovoldi uchrashuvlari yakuniga bag‘ishlangan kattagina intervyu-maqolani chop etdi.

Intervyuni S.Otamurodov saylovoldi uchrashuvlarida «odamlarning yuzu ko‘zida o‘z hayoti va turmushidan, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan mamnun ekani yaqqol sezilib turgani, eng muhimi, xalqimiz ertangi kuniga ishonch va katta umidlar bilan qarayotgani» haqidagi balanparvoz so‘zlar bilan boshlagan.

Muxbir nomzoddan nega uning dasturida ma'naviy-ma'rifiy soha birinchi o‘ringa qo‘yilgani to‘g‘risida so‘raganda u hozir o‘zbek matbuoti og‘zidan tushmayotgan quyidagi umumiy so‘zlar bilan javob bergan: «G‘oyaviy kurash va mafkuraviy tahdidlar kuchayib borayotgan hozirgi bir sharoitda biz o‘zimizni, xalqimizni himoya qila oladigan mafkuraviy immunitetni yanada kuchaytirib, millatning o‘ziga xosligini, boy madaniy va tarixiy merosimizni, qadriyat va an'analarimizni ko‘z qorachig‘idek asrab, uning hayotimiz a'moliga aylantirish muqaddas burchimizdir».

Nomzod bu masalada «biz hech kimning yetoviga, «madaniyati», «zamonaviy an'anasi»ga muhtoj emasligimiz»ni eslatib o‘tgan.

Muxbirning savol ohangidagi keyingi so‘zlari nomzod bilan uchrashgan xalq aslida uning ma'naviy-ma'rifiy mavzudagi safsatalariga bee'tibor bo‘lganini oshkor etib qo‘yadi.

«Saylovchilar bilan uchrashuvlarda sizga berilayotgan savollarni tahlil qilar ekanmiz, ularning aksariyati iqtisodiy va ijtimoiy masala va muammolarga qaratilganiga guvoh bo‘lamiz», deydi muxbir.

Bu ta'kidning o‘ziyoq xalq qandaydir havoyi gap-so‘zlardan emas, balki qornini to‘ydiradigan, ustini but qiladigan masalalardan manfaatdor ekanini ko‘rsatadi.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 yanvar 2024
Istanbulning Esenyurt tumanida fohishalikka majburlangan va homilador bo‘lganidan keyin farzandi sotilishini bilib, dori ichib homilasini tushirgan o‘zbekistonlik ayol kaltaklandi.  ...
8 aprel 2019
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri sudining yopiq majlisida o‘tgan asrning 90-yillarda Shuhrat Dombrabadskiy nomi bilan tanilgan 62 yashar avtoritet ...
18 fevral 2024
Turkiston muxtoriyati moliya vaziri Solomon Abramovich Gertsfeld 1918 yilning 18 fevralida Qo‘qonda bolshevik jallodlar tarafidan o‘ldirildi. Solomon Gertsfeld umrining ...
24 noyabr 2016
2016 yilning 11 noyabrida o‘zbek huquq himoyachisining ayoli u bilan turmada uchrashdi. Safar oldidan biz Ozoda Yoqubovadan uning mahkumlikdagi ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...