Asosiy mavzular
8 dekabr 2016

Konstitutsiya quruq shior emas – avvalo unga rioya qilinishi lozim!

7 dekabr kuni prezident Shavkat Mirziyoev O‘zbekiston Konstitutsiyasining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishda nutq so‘zladi.

Uning tilidan «Konstitutsiyamizning kuch qudrati» haqidagi dabdabali so‘zlar yangradi.

Zaldagilar o‘z yangi liderining ma'ruzasidan aqlini yo‘qotib gulduros qarsaklar chalarkan, Shavkat Mirziyoev shaxsan javobgar bo‘lgan Konstitutsiyada belgilangan kamida ikkita muhim bandning cheklanishiga diqqat qaratamiz.

Ularning biri Konstitutsiyaning 37 moddasida ko‘rsatilgan mehnat huquqlarning buzilishiga oid.

Har yili Shavkat Mirziyoevning shaxsiy buyrug‘iga ko‘ra, tuman va viloyat hokimlari agrar sohaga aloqasi bo‘lmagan turli kasb egalari – tibbiyot, xodimlari, pedagoglar, talabalar majburiy tartibda paxta terimiga safarbar qilishlari lozim.

Ular paxta terimidan bosh tortgan taqdirda, na konstitutsiyada, na boshqa qonunlarda yozilmagan qoidalarga ko‘ra jazolanishlari mumkin.

Konstitutsiyaning hukumat raxbari tomonidan buzilayotgan ayni 37-moddasida esa, «Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanishi” haqida alohida ta'kidlangan.

Konstitutsiyaning Shavkat Mirziyoev tomonidan oyoqosti qilinishiga ikkinchi misolni ushbu mamlakat Asosiy qonunining 29-moddasi buzilishida ko‘rishimiz mumkin.

Shavkat Mirziyoev 2006 yili O‘zbekiston TIV akkreditatsiyasini olmagan o‘zbek fuqarolariga xalqaro OAVlarda ishlashni taqiqlash to‘g‘risida qaror chiqardi.

Mirziyoev o‘z qarori bilan erkin fikrlovchi jurnalistlarga tsenzura bo‘lmagan horijiy nashrlarda maqola chop etishni taqiqladi va ularda maqolalarini anonim tarzda yozish yoki tahallus qo‘llashdan boshqa chora qolmadi.

Konstitutsiyaning mazkur moddasida, “har kim fikrlash, so‘z va e'tiqod erkinligi huquqiga ega” ekanligi, shuningdek, “har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega” ekanligi aytiladi.

Har yili mamlakatdagi o‘z fikriga ega bo‘lgan ko‘plab shaxslar, jurnalistlar Konstitutsiyaning ayni moddasida ko‘zlangan huquqlarining buzilishidan jabr ko‘rishadi.

Haqiqiy jurnalistlar Mirziyoev Qarori tufayli fosh bo‘lishdan qo‘rqishadi, garchi ular emas, aslida Mirziyoevning o‘zi Konstitutsiyani buzmoqda.

O‘zbekistonda Konstitutsiyada ko‘rsatilgan mamlakat vatandoshlarining erkinliklari yuqorida keltirilgan xolatlar kabi turli qonunosti aktlari bilan cheklanib kelinadi, garchi Konstitutsiya va qonunning ustunligiga oid Konstitutsiyaning 3-bobida “birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emasligi” aytilgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 yanvar 2019
Taniqli o‘zbek teatr va kino aktyori Po‘lat Saidqosimov 87 yoshida Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazidagi 6 coat davom etgan ...
11 fevral 2016
O‘zbekistonda deyarli barcha avtobuslarda haydovchilari ish vaqtida bemalol chekadilar va bunga hech qanday chora ko‘rilmaydi. Rassom Elsevar Eltuz.com
19 aprel 2018
Do‘ppido‘z chevar Hamida Yunusova 25 yildan buyon do‘ppi tikadi. Bu hunar unga oilaviy an'ana bo‘lib, juvon do‘ppi tikishni opalaridan ...
18 noyabr 2016
Abdulla Oripovning vafoti xalqimizning sevimli shoiri so‘nggi vaqtlarda norasmiy taqiq ostida yashagani, bundan bir qancha vaqt ilgari “Ozodlik” radiosi ...
Bloglar
2 iyul 2020
6-sinfda o‘qirdim, Kampuchiyada davlat to‘ntarishi bo‘lib hukumatga Pol Pot rahbarligidagi “Qizil kxmerlar” kelganini, ular butun ...
25 iyun 2020
​​Xalqaro press-klubda matbuot anjumani bo‘lib o‘tibdi, unda Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov ...
21 iyun 2020
(bo‘lgan voqea) Tarjimon sifatida Rossiyaning militsiya bo‘limlaridan biriga chaqirishgan edi. Bo‘limda jinoyatchi sifatida gumon qilingan ...