Asosiy mavzular
23 dekabr 2016

Dunyo bo‘yicha eng past internet…

O‘zbekistondagi internet saytlari shu vaqtgacha tilga olinmagan muammolarni yoritib, yozma nashrlarga qaraganda ancha «dovyuraklashib» borayotgandek taassurot qoldirmoqda.

Xususan, Kun.uz sayti «respublikamizda internetga ulanish bo‘yicha provayderlik xizmatini taklif qilayotgan firma va kompaniyalar, xususan, yurtimizdagi eng yirik, ta'bir joiz bo‘lsa, internet xizmati va telekommunikatsiya sohasida monopoliya darajasidagi» «O‘zbektelekom» kompaniyasini tanqid ostiga oldi.

«…Afsuski, kompaniyaning ushbu sohadagi faoliyati sifat darajasida emasligi, unda mijoz bilan ishlash, uning talablarini e'tiborga olish, boz ustiga, shartnoma shartlariga og‘ishmay amal qilish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagani har bir mijozning xunobi chiqishiga, asabi buzilishiga sabab bo‘lmoqda», deb yozdi sayt.

Sayt «O‘zbektelekom»ning «Uzonline» provayderini mehnatni bozor talablari asosida tashkil eta olmayotganlikda ayblar ekan, «balki shuning uchun ham respublikadagi internet tezligi yetakchi reyting agentliklari tomonidan tuzilgan jahon mamlakatlaridagi internet tezligiga doir tadqiqotlarda oxirgi beshlikka kiritilar?!» deya kinoya qiladi.
Maqolada kompaniya muayyan tarifda belgilangan internet tezligini ta'minlash u yoqda tursin, uning yarmini ham bera olmayotgani bildiriladi.

Unda kompaniya internet tezligi pastligiga liniyalar bandligi yoki eskirganini, xorijda ro‘y bergan nosozliklarni bahona qilib ko‘rsatayotgani ta'kidlanadi va bu kabi muammolarni hal etish aslida «O‘zbektelekom» zimmasida ekani qo‘shimcha qilinadi.

«Qachongacha zimmamizdagi vazifalar bajarilmayotganini mardlarcha tan olib, uni tuzatish o‘rniga turli vajlarni ro‘kach qilaveramiz?!» deya savol qo‘yiladi maqolada.
Muallif O‘zbekistondagi boshqa internet provayderlarida ham vaziyat shundayligini taxmin qilar ekan, «internetga ulanish xizmatini taklif qiluvchi mobil aloqa operatorlari ham 4G tarmoq deya balandparvoz gaplardan nariga o‘ta olmaydi», deydi.

Uning aytishicha, «mobil telefoningiz ekranida 4G belgisining turishi sizga shu tezlikda internetga ulanish baxti taqdim etilayotganini anglatmaydi».

«Bunga ishonchingiz komil bo‘laversin. Chunki 4G tezligi qanaqa ekanini bevosita foydalanib ko‘rganlar juda yaxshi biladi», deyiladi istehzo bilan maqolada.
Maqolaning e'tiborli jihati shundaki, shu paytgacha mahalliy nashrlarda O‘zbekistonda internet tezligi dunyoda eng pastlardan biri ekani hech qachon ochiqcha yozilgani yo‘q.

Mamlakatdagi mavjud vaziyatni hisobga olib, bu «sir»ni oshkor etgani, internet xizmati ko‘rsatishdagi davlat monopolistini tanqid qilgani uchun saytga nisbatan qandaydir choralar ko‘rilishini taxmin qilish mumkin nazarimizda.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 yanvar 2024
Eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta maktubni o‘qiymiz ular O‘zbekistonning Qashqadaryo, Namangan va Jizzax viloyatlaridan. Dastlabki maktubni bizga Koson tumanidan, ...
26 sentyabr 2017
26 sentyabr kuni tanqidiy fikrlari uchun o‘zbek hukumatining qora ro‘yxatiga kiritilgan 63 yoshli yozuvchi Nurilla Otaxonov Turkiyadan Toshkentga yo‘l ...
27 sentyabr 2017
Prezident Mirziyoev va'dalariga ishonib vatanga qaygan dissident yozuvchi Nurilla Otaxonov (Nurullox Muhammad Raufxon)ning, 27 sentyabr kuni Toshkent aeroportida hibsga ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...