ART-DURBIN
24 dekabr 2016

Yangi quyosh ostidagi “o‘zbek” suvrati

Arkadiy Shayxet (1898 – 1959 yy.) sovet mafkuraviy fotoreportaj sohasining ko‘zga ko‘ringan arbobi. Uqubatli hayotni “maftunkor haqiqatga” aylantirish bo‘yicha mafkura jabhasining komil ustasiga aylangan suratchi.

Shayxet suratlari yigirmanchi asrning birinchi yarmida SSSRda kechgan voqealar fotoentsiklopediyasidir.

Arkadiy Shayxet, Farg‘ona kanali, 1939

Arkadiy Shayxetni bilganlar nazarida, u erishgan yutuq ortida katta mehnat yotibdi.

Rassom G‘ayrat Qo‘ziboevning ta'kidicha, Shayxet suratkashlik ishini telbalarcha sevar edi.

Mayda detallarga diqqat, manzaraning eng muhim moxiyatini tez aniqlay olish kabi fitrat sohibi edi.

Aynan shu salohiyat mevasi o‘laroq ideal kompozitsiya o‘rnagi bo‘lgan rasmlar dunyoga kelgani aytiladi.

Arkadiy Shayxet, Cho‘pon va qo‘ylar, O‘zbekiston 1935

Tanqidchilar esa Shayxetning “samimiy” tasvirlari oldindan postanovka qilingan yasama buyurtma foto-teatr ekanligini pisanda qilishadi.

Bu taxlit tasvirlarni suratga olishda Shayxet chegarachini haykal pozasida qaqqayib turishini tashkil qiladi, konveyerdagi mashinalar silsilasini fotoob'ektiv uchun qulay xolatda tizilishini oldindan ta'minlaydi.

Munaqqidlarga ko‘ra Shayxetning “Yangi quyosh ostidagi o‘zbek” surati oldindan sahnalashtirilgan yasama hikoyadir.

Arkadiy Shayxet, Yangi quyosh ostidagi o‘zbek, Ambulatoriya

Suratda kvarts yoritqichi ostida yotgan o‘zbek chol tasvirlangan. Bu rasm ba'zi tanqidchilar nazarida yasama deb ko‘rilsa, boshqa munaqqidlar uchun sovet formati ichiga qamalgan “o‘zbek” haqidagi syurrealistik haqiqatdir.

Shayxet qo‘lida sovet mafkura matbuoti bergan guvohnoma bor edi. Bu guvohnoma har qanday eshikni ochishga qodir va har qanday mulozimni suratkash istagan pozada turishga majburlaydigan qudratli hujjat edi.

Arkadiy Shayxet, Dohiylarning portretlari, 1939

«Ammo Shayxet bu hujjatdan foydalanmas va o‘z insoniy jozibasi bilan odamlar qalbiga yo‘l topar edi», deydi rassom G‘ayrat Qo‘ziboev.

Unga ko‘ra, suratkash kamerasi oldida oddiy o‘zbeklar o‘zlarini bemalol tutishgan, Shayxet bilan otamlashib qadrdon bo‘lishgan.

Ammo, davron o‘zgarib «Ogonek» jurnali Shayxet rasmlariga buyurtma bermay qo‘ydi.

Fotografning kommunistlar partiyasiga kirmagani va rahbar bo‘lish taklifiga rad javob bergani uni asta sekin istalmagaan shaxsga aylantirdi.

Arkadiy Shayxet, Farg‘ona kanali, 1939

1938 yili Shayxet o‘zi 13 yil ishlagan «Ogonek» jurnalidan ketishga majburlandi.

Aynan o‘sha yili suratkash O‘zbekistonga yo‘l olib Katta Farg‘ona kanali qurilishi haqida suratlar seriyasini yaratdi.

Arkadiy Shayxet, Farg‘ona kanali, 1939

Bu uqubatli majburiyatdan iborat qurilishda Maks Penson kabi taniqli suratchilar ham rasm olishar edi.

Solishtiriladigan bo‘linsa, Shayxetning Farg‘onada olgan rasmlari ob'ektivligi bilan ajralishini ko‘ramiz.

Shayxet Turkiston tuproqlarini 1920 yildan boshlab, qo‘lida fotoapparat bilan kezgan maslak fidoyisi o‘laroq tarixga kirdi.

U tushirgan rasmlar fotosuratchilik mahorati sifatida ham muhtasham ekani aytiladi.

Suratlar: Rossiya Davlat kinofotohujjatlar arxivi va  Multimedia Art Muzey kollektsiyasidan.

Akmal Rizaev
O‘zbekistonlik muallif tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 avgust 2017
30 iyul kuni «Tahlilnoma» ko‘rsatuvida Karimovning «to‘mtayib yurishlari», mamlakatdagi valyuta «qora bozori», qo‘shnilar bilan munosabat, chegara masalalarida yo‘l qo‘ygan ...
18 sentyabr 2023
Qozog‘iston asta-sekin, lekin muttasil Rossiyadan uzoqlashmoqda. U yerda ruslarga qarshi kayfiyat har soatda aniqroq va yaqqolroq kuchaymoqda, deya yozdi ...
29 avgust 2016
O‘zbekiston tarixida ilk bora Vazirlar mahkamasi mamlakat rahbarining sog‘ligi haqida chiqargan bayonot ortidan O‘zbeknavo litsenziyasi bilan faoliyat yuritayotgan artistlardan ...
21 yanvar 2019
Zeromax kompaniyasining sobiq rahbari Mirodil Jalolovning ozodlikka chiqarilishi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning Germaniyaga rasmiy tashrifiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Mazkur ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...