Asosiy mavzular
30 dekabr 2016

Tsenzura idorasi tugatilgach O‘zbekistonda hamma tsenzorga aylandi

Ayni kunlarda “mustaqil gazeta” degan balandparvoz maqom bilan chop etiladigan “Hurriyat” nashrining ilk soni chiqqaniga 20 yil to‘layotir.

Shu munosabat bilan “Hurriyat”da (28.12) gazetaning dastlabki yillardagi faoliyat esga olindi. E'tiborlisi, gazetaning birinchi muharriri bo‘lgan jurnalist Karim Bahrievning nomi ham birgina joyda qistirib o‘tildi.

“Dastlabki kunlar, yillar” sarlavhali maqolada gazetaning ilk sonini tayyorlashda o‘sha paytlarda turli nashrlarda ishlayotgan jurnalistlar bel bog‘lab yordam bergani aytiladi.

“Gazeta shiddat bilan faoliyatga kirishdi – jamoatchilik chorshanbani intiqlik bilan kutadigan bo‘ldi. Chunki “Hurriyat”da qandaydir kutilmagan mavzuda maqola chiqishi odat tusiga kirib borayotgan edi”, deyiladi maqolada.

Muallif shunday o‘tkir mavzularda maqolalar berayotgan gazeta tsenzurasiz bosilganini, barcha mas'uliyat tahririyatga, tahririyat rahbariyatiga yuklanganini ta'kidlaydi.
“Besh yil “Hurriyat”ni chiqargan bo‘lsak, “Bizni tsenzura o‘qimaydi”, degan gapimizga juda kamdan-kam odam ishonardi. Ishongani ham “Yo‘g‘-e” deb qo‘yardi”, deydi muallif.

O‘sha paytda tsenzura yo‘qligiga ishongan odam kamdan-kam bo‘lganini tushunish mumkin. Buning sababini ham “Hurriyat”ning o‘zi ko‘rsatib bergan.

Ma'lum bo‘lishicha, mustaqillikning ilk yillaridan mamlakatda tsenzura bekor qilingani haqida gaplar yolg‘on ekan. Aslida 2002 yilgacha Davlat matbuot qo‘mitasi inspektsiyasi har bir gazetani “nazorat tartibi”da o‘qib bergan ekan.

Hatto bu inspektsiya 2002 yilda prezidentning Amerikaga tashrifi taassurotlarini maqola qilgan shoir Erkin Vohidovning “Yurtimizda demokratiya to‘la qaror topdi, deya da'vo qilsak mubolag‘a bo‘ladi”, degan gaplariga ham e'tiroz bildirgani, faqat shoir barcha mas'uliyatni zimmasiga olgani uchun ular o‘zgarishsiz bosilgani eslanadi.

Shundan keyin qandaydir tadbirda shoirni bu maqolasi uchun maqtab, bo‘lib o‘tgan voqeadan xabar topgan prezident inspektsiya faoliyatiga barham bergani bildiriladi.

“Shunday qilib, Erkin Vohidovning publitsist sifatidagi jasorati tufayli ijodkorlar yo‘lidagi to‘siq olib tashlandi”, deya xulosa qiladi muallif.

Bugun erkinroq fikrlaydigan jurnalistlar bilan shu mavzuda suhbatlashib qolsangiz, ular tsenzura idorasi yo‘q qilinganidan afsuslanib ham qo‘yadi.

“Undan ko‘ra hamma mas'uliyatni zimmasiga oladigan bunday idoraning bo‘lgani yaxshi edi. Chunki hozir barcha – bosh muharrirlardan tortib oddiy jurnalistigacha tsenzorga aylanib qolgan. Shuning uchun bugungi gazetalarning ahvoli abgor”, deya yozg‘iradi ular.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 oktyabr 2019
“Otangni onangga bepardoz ko‘rsatma. Yaxshisini oshir – yomonini yashir. Otangni o‘ldirganga onangni ber. Egilgan boshni qilich kesmaydi”. Bu o‘zbek ...
22 fevral 2016
Qirqta chinorga qiron keltirganini tan olganidan bir kun o‘tib Murod Nazarov o‘zining FB sahifasida tarmoq yuzeri Zafar Hoshimovdan iqtibos ...
12 aprel 2018
PosterUz
25 aprel 2016
Ma'lum bo‘lishicha, 19 yoshida jinoyati uchun qamalib, 3 yildan so‘ng amnistiya asosida ozodlikka chiqqan yangiyo‘llik fuqaro uzoq vaqt bir ...
Bloglar
7 avgust 2020
Qishga tayyorgarlik. Pomidor va qalampirni o‘zim yetishtirib, quritib, ipga o‘tkazib devorga ildim. Ko‘o‘p bonkayam berkitganmiz. ...
5 avgust 2020
Mirziyoev boshqaruvida tashqi siyosatda, bir tomondan, Rossiya va uning geosiyosati bilan bog‘liq munosabatlardagi milliy manfaatlar ...
4 avgust 2020
O‘zbekistonda turli matnlarda, kontekstlarda, hatto rasmiy hujjatlarda ko‘p ishlatiladigan “buyuk ajdod” tushunchasidan voz kechish kerak, ...