Asosiy mavzular
12 yanvar 2017

Korruptsiyaga qarshi korruptsionerlar kurashadimi?

O‘zbekistonda «Korruptsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi ortidan senator va deputatlarning bu hujjatga oid balandparvoz chiqishlari paydo bo‘la boshladi.

Xususan, «Xalq so‘zi» gazetasida (11.01) senator Gulchehra Sattorovaning shu mavzudagi maqolasida bu qonun «keng jamoatchilik tomonidan katta quvonch bilan kutib olingani» aytiladi.

Muallif so‘nggi yillarda korruptsiyaga qarshi kurashish yo‘lida bir qator huquqiy-normativ hujjatlar qabul qilinganini bildirar ekan, yangi qonun «ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar samaradorligiga salbiy ta'sir ko‘rsatayotgan omillarni chuqur tahlil qilib» ishlab chiqilganini ta'kidlaydi.

Afsuski, maqolada nega mamlakatda 25 yildan buyon bunday qonun qabul qilinmagani, bu boradagi mavjud normativ hujjatlar nega ishlamaganiga to‘xtalib o‘tilmagan. Muallifdan buni kutishning o‘zi o‘likdan jon tilagandek bo‘ladi nazarimizda.

Lekin senator xonim aytganidek, yangi qonun «fuqarolar huquq va erkinliklari himoya qilinishini ta'minlashning qo‘shimcha huquqiy kafolatlarini yaratadi»mi?

Hozircha bunday deyishga asos ko‘rinmayapti. Chunki marhum prezidentning qizi bilan bog‘liq korruptsion jarayonlarda ayblanayotgan shaxs bosh vazir, xuddi shunday jinoyatlari uchun 20 yilga shartli jazoga tortilgan kishi qurilish sohalariga mutasaddi, xullas, xalq mulkini o‘g‘irlashda ayblanib ko‘chaga uloqtirilgan sobiq amaldorlar yana hokimiyatga qaytarilayotgan bir paytda yana nima xulosa qilish mumkin?!

Bunday vaziyatda korruptsiyaga qarshi kurashish korruptsionerlarga yuklanyaptimi, degan haqli savol tug‘ilishi tabiiydir.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 may 2021
Yoshlikdan kitob o‘qishga o‘ch bo‘lganman. Ko‘chada yurib ketayotib ham kitob o‘qigan paytlarim bo‘lgan. Kutubxona eng sevimli maskanim edi. Shaharga ...
13 aprel 2016
eltuz.com saytiga, IShIDga aloqadorlikda ayblanib, 7 yil ozodlikdan maxrum qilingan Jizzaxlik fermer, armani millatli Aramais Avakyanning advokati Olim Qobilov ...
5 noyabr 2019
Deputatlikka nomzodini qo‘yishga uringan, biroq rad etilgan shahrixonlik shifokor Otabek Ahliddinovning saylovni tanqid qilgani uchun unga bosim bo‘layotgani haqidagi ...
25 yanvar 2020
Hafta o‘tib men yana sizlar bilanman, qadrli tomoshabinlarim. So‘zimni hafta yangiliklari bilan boshlasam. MAHALLIY YaNGILIKLAR O‘tgan hafta prezident Karimovning yeb ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...