Asosiy mavzular
17 yanvar 2017

39 kishini o‘ldirganlikda gumon qilingan Masharipov ushlandi

17 yanvarga o‘tar kechasi Masharipov bilan birga qirg‘iz millatiga mansub bir erkak va uch ayol ham qo‘lga olingan.

Shu bilan birga Istanbuldagi Markaziy Osiyodan kelgan salafiylar yashaydigan hujralarda reydlar davom etmoqda.

Turkiya matbuotiga ko‘ra, terrorchinig yonida 4 yashar o‘g‘li ham bo‘lgan. Gumon qilinuvchilar Vatan ko‘chasidagi Istanbul Amniyat mudirligiga keltirilgan.

O‘ta sir tutilgan amaliyot Istanbul Amniyat mudirligi Terrorga qarshi kurash va istixborat sho‘'basi tarafidan amalga oshirildi.

Moltepadagi reyd paytida qo‘lga olingan ayollardan biri

Matbuot habarlariga ko‘ra terrorchi yashayotan uyiga birdan bosqin uyushtirilgan va Masharipovning qo‘l-oyog‘i kishanlangan.

Qo‘liga kishan solinayotgan paytda Masharipov zobitlarga tashlangan.

Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, qo‘liga kishan solingan Masharipov amniyat zobitlari tarafidan kaltaklangan.

Masharipov turk matbuotida o‘zbekistonlik yoki tagi o‘zbek degan tarzda taqdim qilinmoqda.

Masharipovning O‘zbekiston vatandoshi ekanligi haqida aniqlama yo‘q.

Uning xotini va bir yarim yashar qizi Istanbulning Moltepa mavzesida salafiy o‘zbeklar yashaydigan mahallalardan birida 12 yanvar kuni o‘tkazilgan reyd chog‘ida qo‘lga olingan edi.

Ayni reyddan sal avval Masharipov 4 yashar o‘g‘lini olib qochib ketgani ham aniqlandi.

Turk matbuotida yozilishicha, IShIDning o‘zbek hujralaridan birida ta'limot olgan Masharipov 15 dekabr kuni Turkiyaning Ko‘nya shahridan Istanbulga kelgan.

Ma'lum bo‘lishicha qatliomda qo‘llanilgan qurollar IShIDning o‘zbek xujrasi faollari tarafidan Istambulga keltirilgan.

Iddaoga ko‘ra ayni faollar Masharipovning hujum uyushtirgani ortidan logistik qo‘llovni muntazam amalga oshirishgan.

IShID archaga qarshi

IShID ekstremistik guruhi yangi yil kechasi Istanbulda 39 kishi o‘ldirilgan tungi klubga hujum uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga oldi.

Guruh nomidan e'lon qilingan bayonotda aytilishicha, «xalifalik askari nasroniylar bid'at bayramni qutlayotgan klubga hujumni amalga oshirgan».

Istanbuldagi Reina tungi klubidagi hujumda 39 kishi halok bo‘lgan, 69 odam yaralangan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 mart 2016
«Huquq» gazetasi bu iddaolarni tasdiqlovchi maqola chop etdi. To‘g‘ri, unda advokat vositachi bo‘lgani to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytilmaydi, balki firibgarlik qilgani ta'kidlanadi. ...
5 noyabr 2019
«– Eee, Fozilbek, uzr, umuman tanimabman-a, – dedim va yelkasiga qoqib qo‘ydim. Shu payt Fozil birdaniga ingrab yubordi. – Nima bo‘ldi, Fozilbek? Yara bormidi yelkangizda?  ...
15 may 2018
Toshkentlik turkshunos olim Andrey Kubatinga o‘tgan yilning dekabrida Harbiy sud tomonidan berilgan 11 yillik muddat, yaqinda besh yilga tushirildi. ...
5 avgust 2020
O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan diniy soha vakillariga 150 milliard so‘m pul ajratildi. Farmonda aytilishicha, bundan maqsad «diniy sohada xizmat ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...