Asosiy mavzular
31 yanvar 2017

O‘zLiDePchilar vaqt kutib turmasligini bilib qoldi

«XXI asr» gazetasi (26.01) O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroqo‘mi va parlamentdagi fraktsiyasining kengaytirilgan qo‘shma yig‘ilishi haqida maqola e'lon qildi.

Partiya yetakchisi majlisni «muhtaram prezident tilga olgan barcha muammolar ortida hayotiy haqiqat yotgani» to‘g‘risidagi e'tirof bilan boshlagan.

Shundan so‘ng yangi prezidentning yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishdagi ma'ruzasi «xalqimiz uchun dasturilamal» ekanini bildirib, uni «puxta o‘rganib chiqishni partiya a'zolari o‘rtasida tizimli tashkil etish lozim»ligini aytgan.

O‘zLiDePning «Diplom bilan biznes»ga nomli loyihasi bor. Bu loyiha doirasida kollej bitiruvchilariga tijorat banklari tomonidan kredit ajratiladi. Shu paytgacha partiya mazkur loyiha ishtirok etgan falonta bitiruvchiga falon million so‘m kredit berilgani to‘g‘risida og‘iz ko‘pirtirib kelardi.

Endi ma'lum bo‘lyaptiki, gazetaning yozishicha, partiya berilgan deb ayyuhannos solingan bu kreditlar berilgan yoki berilmaganidan ham bexabar ekan.

«Umuman olganda, ularga kredit ajratilyaptimi, degan haqli savollar hali-hunuz ochiqligicha qolmoqda», deb yozdi gazeta.

«Vaqt endi kutib turmaydi, barchamizdan qat'iyatlilik, tashabbuskorlik, fidoyilik talab etilyapti», deya e'lon qilindi partiya majlisida.

Qiziq, shuncha vaqtgacha partiya vaqt kutib turadi, deb o‘ylaganmikin? Yoki marhum prezidentning uzoqqa cho‘zilgan hukmronligi sabab ularga vaqt to‘xtab qolgandek tuyulganmikin?
Partiya majlisida aytilgan gaplar qog‘ozda qolib ketishi hozirdanoq aniq ekaniga ishora qiluvchi jihatlar bor maqolada.

Jumladan, partiya yetakchisi aholining muammolarini va ularni yechish yo‘llarini o‘rganish o‘rniga prezident nutqining o‘zini o‘rganishni tizimli tashkil etishga urg‘u berayotgani ana shunday xulosaga yetaklovchi ishoralardan biridir.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 aprel 2019
Raccom TuzEltuz.com
7 iyul 2016
«O‘zbekiston ovozi» gazetasi Xalq demokratik partiyasi yetakchisi, partiyaning parlament quyi palatasidagi fraktsiyasi rahbari Hotamjon Ketmonovning Bo‘z tumanidagi saylovchilar bilan ...
18 may 2017
O‘zbek matbuoti prezident Mirziyoevning tovuq va tuxum siyosatini ulug‘lashda davom etmoqda. Hususan «Milliy tiklanish» gazetasi (17.05) Toshloqdagi dehqon xo‘jaligi ...
13 dekabr 2021
Qashqadaryo viloyatida joylashgan Shayxali qamoqxonasida nozir bo‘lib ishlagan 38 yoshli G‘affor Akmalov jazoni ijro qilish tizimlaridan nohaq bo‘shatilganidan shikoyat ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...