Asosiy mavzular
1 fevral 2017

Karimovdan meros qolgan qabih tuzum

O‘zbekistonning ikkinchi prezdenti Shavkat Mirziyoev, 30 yanvarida davlatning buyuk raxbari Islom Karimov tug‘ilgan kunini nishonlash haqida qaror imzoladi.

Alisher Taksanov, sobiq Tashqi ishar vazirligi mulozimi, siyosiy qochqin, Shveytsariya

Afsuski, aksariyat mening yurtdoshlarimda bu nom aksincha mazmun kasb etadi va uni boshqa ranglarda ifodalashga har qanday urini Internetdagi janjallar bilan yakunlanadi. Biroq, odamlar ishonishni istashadi va hatto Iblisning yaxshi ekaniga ishonishadi.

Qizig‘i shundaki, chorak asr muqaddam o‘z fe'l atvori tufayli mamlakat rivojiga asosiy to‘siq bo‘lgan odam hukumat tepasiga keldi.

Ob'ektiv tarixiy jarayonlarga u o‘z dunyoqarashi orqali qaradi, shu bois, O‘zbekiston o‘ta qashshoqlik va boylik hamohang afrika davlatlari darajasidagi mamlakatga aylandi.

Jahon reytinglariga qiyosan bunga yengil ishonch hosil qilish mumkin.

Hukumatga ta'sir o‘tkazishning real dastaklari, davlatni birga boshqarish o‘rniga u vatandoshlariga besh tamoyil, milliy mustaqillik mafkurasi kabi cho‘pchaklarni berdi.

O‘zbekistonliklar keyingi o‘n yilliklarda ayni aqidalarga ko‘ra yashashdi.

Ular «musaffo osmon uchun prezidentga raxmat» aytishni vojib bilishdi. Garchi prezidentlikka har qanday nomzodning, fuqarolik urushlari chiqarish orzusi dargumon esada, bu obro‘ negadir Karimovga nasib etdi.

Islom Karimov hukumatni uzurpatsiya qildi va qonunlarni o‘z foydasiga ishlatish mumkinligini namoyish qildi.

U respublikaning 30 million aholisini o‘z haqligiga ishonishga majbur etdi. Garchi har qanday huquqshunos: «Ahir bu davlat jinoyatiku!» deya xitob qilgan bo‘lardi.

Biroq bizning huquqshunoslarimiz sukut saqlashdi. Ayniqsa, prokuratura, Oliy yoki Konstitutsion suddagilar.

Chunki ular, siyosiy va ahloqiy javobgarlikka ega vatandoshlar emas, shunchaki mulozimlardir.

Ular o‘zlarini sotib olish mumkinligini ko‘rsatishdi. Ularni hukumat sotib oldi va endi xalqqa emas, unga xizmat qilishadi.

Tashviqot o‘z ishini qildi va endi O‘zbekistonda yashovchi har bir odam Islom Karimovning farishta ekaniga ishonadi va u hukmron bo‘lgan, hukumatni boshqargan davrga zehn solishga intilmaydi.

Menga ko‘pincha: «siz nima qila olasiz muxolifatchilar? Sizlar qaysi ishni do‘ndirgansizlar? Boringlar, ishlanglar, tanqidni bas qilinglar!» deyishadi.
O‘z navbatida men aytmoqchiman:

Muxolifatchilar davlatdan oylik olishmaydi. Ular o‘zi va oilasini boqish uchun ishlashadi. Davlatga soliq to‘lashadi. Shu bilan birga, ular xos bo‘lmagan ishlar – ko‘cha supurish, temir-tersak to‘plash, paxta terish, qaysidir jamg‘arma badalini to‘lashga majbur emas.

Muxolifat qo‘lida hokimiyat yo‘q, ular nimaga qodir ekanliklarini namoyish qila olmaydilar. Agar mamlakatda vaziyat yomon bo‘lsa, bunga milliy zahiralarni boshqarayotgan mansabdorlar aybdor.

Islom Karimov tuzumining qabihligi shundaki, u odamlarni «vatanparvar» va «vatan xoinlari»ga ajratdi.

Ularning birinchisi – Karimov rejimi saqlanishini, ikkinchisi – o‘zgarishlarni istaydi. Jamiyat bo‘lingan va bu o‘zbekistonliklarning fojiasidir.

Ayni bo‘linish mansab egalarining o‘g‘irlik qilishiga, xalqni qul qilinishiga olib keldi.

Qullarga esa, qanday ozodlikka erishish haqida emas, qanday xo‘jayin yaxshi ekani haqida o‘ylash vojibdir.

Video: https://youtu.be/_IFPmA3Bp0g

Alisher Taksanov
Sobiq O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mulozimi, siyosiy qochqin, Shveytsariya
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 may 2020
Sardobadagi falokat sabablarini o‘rganish bo‘yicha tuzilgan hukumat komissiyasining 7 may kuni e'lon qilingan tarkibiga Sardoba suv ombori loyihasining bosh ...
29 may 2018
Bir necha o‘zbek faollari 23 may kuni Shveytsariya hukumatiga O‘zbekistonning sobiq prezidenti Islom Karimovning qiziga tegishli aktivlarni qaytarish uchun ...
18 may 2021
“Eltuz”ga yaqin va bir-biridan mustaqil manbalarning xabar berishicha, O‘zbekistonga go‘yoki yirik investitsiyalarni amalga oshirish uchun kirib kelgan oligarx Fattoh ...
23 avgust 2021
 “Tolibon” Afg‘onistonni o‘z qo‘liga olgach, minglab afg‘onlar shafqatsiz fundamentalistik boshqaruv qaytgan deb hisoblagan mamlakatdan qochish yo‘llarini izlamoqda. 2021 yil 16 iyul, dushanba, O‘zbekiston. Ayollar Amudaryo ...
Bloglar
23 may 2023
Din ishlari qo‘mitasi “hajga yuboraman” degan «aprslar» gapiga ishonmanglar, deb, “lo‘xlar”ni ogoxlantirdi. Ammo lo‘x va ...
22 may 2023
O‘zbekistonning o‘risqul hukumati yana bir sanktsiyaga tushgan Ukrainaga qarshi urush aybdorini Toshkentga chaqirib siyladi. Ukrainadagi ...
20 may 2023
Eltuzning dushman emas balki do‘st ekanligini eng birinchi anglab tushunib yetgan ilk rasmiy kishi bu ...