Asosiy mavzular
10 fevral 2017

Kredit olib bergich deputat va yong‘oqning foydasi

Deputatlar ham kutib turgan ekan shekilli, prezidentning faol bo‘ling, degan topshirig‘idan keyin bel bog‘lab xalq bilan ham tillashishga tushib ketdi. Har holda partiyalarning nashrlarini ko‘zdan kechirsangiz, shunday taassurot uyg‘onadi.

Xususan, «Milliy tiklanish» gazetasi (8.02) shu nomdagi demokratik partiyadan xalq deputatlari Denov tumani kengashiga aylangan deputatning tinib-tinchimay, «xalq dardi bilan yashayotgani» haqida hikoya qiluvchi maqola e'lon qildi.

«Bugungi deputatning ish kabinetida o‘tirmay, xalq ichida ko‘proq bo‘lishi juda muhim», deya qo‘riq ochgan bu deputat opa yaqinda bir uchrashuvda mahalla faollaridan biri unga issiqxona qurish uchun kredit olishga yordam so‘raganini bildirgan.

Deputat ham erinmay uchrashuv ishtirokchilariga bankdan kredit olish uchun nimalar qilish kerakligi haqida ma'lumotlar beribdi.

Maqola muallifiga ham qoyil, kredit olish uchun deputatga emas, bankka murojaat etish kerakligini eslatmay qo‘ya qolgan. Agar shunday qilganida deputatning «faolligi»ni shubha ostiga qoldirishi mumkin edi-da.

Ko‘p bora kuzatganimizdek, prezident bir gap aytsa, labbaychilarning oshig‘i olchi bo‘ladi. Hammani tovuqboqarlikka chorlayotgan davlat rahbari yaqinda yong‘oq va bodom ekib, daromad qilish masalasiga ham to‘xtalgandi.

«Qishloq hayoti» gazetasi (8.02) bunga labbay deb javob berib, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodining «yong‘oq ming yil daromad berishi» haqidagi maqolasini e'lon qildi.

«Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning mutasaddi rahbarlar bilan uchrashuvlari hamda aholi bilan muloqotida yong‘oq mevali bog‘larni ko‘paytirish borasidagi fikrlari mohiyatida ezgu niyat mujassamdir», deyiladi maqolada.

Olimlarimiz ham qiziq. Ertaga prezident mabodo, deylik, akatsiya haqida yaxshi gaplar gapirib qolsa, ular shu daraxtni ekishdan ko‘zlangan «ezgu niyatlar» to‘g‘risida maqolalarni qatorlashtirib tashlaydimi?!

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
22 may 2019
Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida fermerlik bilan shug‘ullanayotgan Haydarali Islomov yeri tortib olingani bois Turkiyaga 100 tonna shivit (ukrop) va ...
14 yanvar 2018
13 yanvar kuni Toshkentda taniqli o‘zbek yozuvchisi Nosir Fozilov 88 yoshida vafot etdi. Adibni yaqindan bilgan kishilar uning kamtar ...
28 may 2021
Haqiqiy urush yo‘q,  Tinchlik ham yo‘q haqiqiy, Yig‘ilar soxta durur, yasamadir kulgular. Gar samimiy bir inson ko‘rib qolsam, men ...
10 oktyabr 2015
G‘allaorol tuman hokimi Azim To‘labov buyrug‘iga ko‘ra, paxta normasini bajara olmagani uchun ikki kunga qamalgan tuman bosh vrachi Yusuf ...
Bloglar
8 fevral 2025
Shu paytgacha «Anora» degan ikki film olindi. Bittasi yetim qizning ashlachi bo‘gani haqida¸ yana bittasi ...
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...