Asosiy mavzular
2 mart 2017

Karimovning jiyani ruhiy kasalxonadan chiqarildi

1 mart kuni jurnalist Jamshid Karimov ruxiy hastaxonadan ozod qilindi.

49 yashar Jamshid o‘tgan yili o‘lgan O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning jiyani bo‘ladi.

Jamshid Karimovning ruhiy kasalxonadan chiqarilganini YeXXTning so‘z erkinligi bo‘yicha vakili Dunya Miyatovich ma'lum qildi.

Jamshid Karimov 2005 yil sentyabrida hibsga olingan va keyinroq mahkama unga nisbatan olti oylik majburiy muolaja haqida qaror chiqargandi.

2011 yili qisqa muddatga kasalxonadan chiqarilgan Karimov sal o‘tmay yana yopiq palataga hibs qilindi.

Jurnalistning marhum onasi Margarita Karimova o‘g‘lining hibsga olinishidan bir necha kun avval ularning uyi MXX tomonidane kuzatilayotganini bildirgan edi.
Bungacha Jamshid Karimov internetda mahalliy va markaziy hokimiyat mansabdorlarini tanqid qiluvchi qator maqolalar e'lon qilgan.

Jamshid Karimov, Jizzax shahrida tug‘ilib o‘sgan, 2000 yillar boshidan xalqaro ommaviy axborot vositalari, xususan, IWPR, “Farg‘ona.Ru” agentligi, O‘zbekistonning “Arena” veb-sayti bilan hamkorlik qilgan.

Mahalliy rasmiylarning noqonuniy faoliyati bo‘yicha jurnalistik tekshiruvlari bilan tanilgan. Tsenzuraga, barcha darajadagi avtoritarizmga qarshi chiqishlar qilgan.

2004 yildan boshlab Jamshid Karimov noma'lum kimsalar hujumiga duch kelib, bir necha bor qattiq kaltaklangan edi.

Jamshid Karimov ilk bor ruhiy shifoxonaga 2006 yil sentyabrida majburan yotqizilgan.

Bu ish Jizzax shahar sudining yashirincha qarori bilan amalga oshirildi. Bu haqda hatto uning oila a'zolariga ham xabar qilinmagan.

Jamshidning do‘stlari va hamkasblari uni ruhiy kasalxonada saqlanishini jazo alomati deya xisoblashadi.

Ular xalqaro tashkilotlarni Jamshid Karimov taqdiri bilan qiziqib ko‘rishga, hamda O‘zbekiston rasmiylaridan jurnalistni zudlik bilan ozod etishga chaqirishni so‘rab kelishadi.

Inson huquqlari himoyachisi Umida Niyozovaga ko‘ra, Jamshid Karimovning taqdiri o‘tgan yili o‘lgan Islom Karimov tuzumining o‘zgacha fikrga naqadar toqatsizligining yorqin misolidir.

O‘tgan hafta dunyoda eng uzoq qamoqda o‘tirgan yagona jurnalist Muhammad Bekjon ham qamoqdan ozod etilgandi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 fevral 2018
O‘zbekiston telekanallaridan birida namoyish qilinayotgan “Sevgi iztiroblari” ko‘p qismli filmi dushanba kunidan boshlab efir setkasidan tashlanadi. Bu haqda «Eltuz»ga ...
18 aprel 2018
Mirziyoev N viloyatining olis bir tumaniga vertolyotda uchib keldi. Yurtboshi tikuchar zinasidan tushib, atrofga alanglab qaradi. Atrof ivirsib yotibdi. ...
19 iyun 2023
Eltuz portaliga kelgan navbatdagi maktublarni o‘qiymiz. Bu safar ularni o‘qishda va tanlashda sun'iy intellekt mansublari bo‘lgan Uyg‘un Egamberdi va ...
22 aprel 2020
Bugun – Xalqaro Yer kuni. Amerikalik reper va komik Lil Diki «Yer» (Earth) deb nomlangan animatsion klipida 30 dan ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...