Asosiy mavzular
11 mart 2023

11 mart – Litva mustaqilligi akti imzolangan kun

1990 yilning 11 martida Litva parlamenti davlat mustaqilligi tiklangani haqidagi aktni tasdiqladi.

80-yillarda Boltiqbo‘yi mamlakatlarida boshlangan milliy ozodlik harakatlari keyinchalik O‘zbekiston mustaqilligining ham xamirturushi bo‘lgan edi.

Sovet imperiyasiga qarshi Litva, Latviya va Estoniya xalqlari yakdil kurash olib borishgan

1988 yili tashkil topgan «Sayudis» ijtimoiy-siyosiy harakati madaniy qadriyatlar, demokratiya, iqtisodiy erkinliklarni ko‘zlab, amalda davlat mustaqilligini tiklash ishlariga bosh bo‘ldi.

Ayni harakat tamoyillari keyinchalik «O‘zbekiston erkin yoshlari uyushmasi» va «Birlik» xalq harakati nizomi uchun asos qilib olindi.

Boltiqbo‘yi xalqlarining ozodlik harakati o‘zbek muxolifati uchun ham o‘rnak bo‘ldi

Zohir A'lam, Davron Yo‘ldoshev kabi o‘zbek ijodkorlari ham o‘sha yillari Litvaga borib, «Sayudis»ning erkinlik uchun kurash uslublarini o‘rganib qaytishgan edi.

1988 yili Litva, Estoniya va Latviya muxolifati vakillari SSSR tarkibidagi boshqa respublikalar, xususan, O‘zbekiston bilan ham aloqalar olib borishgani, «Pribaltizdat» nomi bilan mashhur nashrlarning butun ittifoq bo‘ylab qo‘lma-qo‘l tarqalgani haqida ma'lumotlar bor.

Toshkentdagi Talabalar shaharchasida yoshlar yashirincha o‘qiydigan, Rossiyada chop etilgan qo‘lbola inqilobiy «samizdat»lardan farqli o‘laroq, «Sayudis»ning rus tilidagi «Vozrojdenie», «Soglasiya», «Kauna aydas» vaqtli nashrlari poligrafiya sifati bilan ham ajralib turar edi.

1988-89 yillarda «Turkiston yoshlari manifesti», «Ku-ku-88», «Erkin so‘z», «Birlik» kabi «samizdat»lar chiqarilgan.

1989 yilning 18 mayida Litva SSR Oliy Kengashi respublika suverenitetini e'lon qildi, 1990 yilning 11 martida esa Litva mustaqilligining tiklanishi aktini qabul qildi.

1991 yili Litva Respublikasi mustaqilligi ilk bor Islandiya tomonidan tan olindi. Avgust putchidan keyin esa Rossiya tomonidan ham e'tirof etildi.

1991 yilning 17 sentyabrida Litva BMTga a'zo bo‘ldi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 avgust 2021
Separatizm deya talqin qilingan virtual chiqishlari va o‘zbek lotin yozuvi joriy qilinishi bo‘yicha mavjud qonunlarga qarshiligi ortidan nazoratga olingan ...
18 aprel 2017
Oxirgi yillarda aksariyat o‘zbekistonlik yurtdoshlarimiz orasida Putin, Ramzan Qodirov va Erdo‘g‘on kabi avtoritar liderlarga hayrixohlik ortib borayotgani kishining diqqatini ...
29 mart 2022
Toshkentlik bloger 37 yoshli Aqida Mohirova (Aqida Xanum)  o‘z bisotidagi eng qadrli suvratni sotib rus bosqinchilari qamalida qolayotgan Ukrainaning ...
30 dekabr 2019
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 2020 yilning 12-13 yanvar kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyuradi. Uni Prezident Shavkat Mirziyoev ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...