Asosiy mavzular
8 aprel 2017

Shved politsiyasi: Samarqandlik Rahmat Aqilov terrorchilikda gumonlanib qo‘lga olindi

Stokgolmda 8 aprel kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida shved politsiya vakillari 7 aprel kuni mashinani olomon ustiga haydab terakt sodir qiliganlikda gumonlanib qo‘lga olingan shaxsning O‘zbekiston vatandoshi ekanligini aytishdi.

 
Shved politsiya vakilining matbuot anjumanida aytishicha samarqandlik O‘zbekiston vatandoshi Rahmat Aqilov terror sodir qilganlikda gumonlanib qo‘lga olingan. Politsiyaga ko‘ra, 7 aprel kuni mashinani olib qochib olomon ustiga haydaganlikda gumonlangan Aqilov Samarqand shahridagi 46 o‘rta maktabni tugatgan, 39 yoshda va to‘rt farzandning otasi. Xotini va bolalari shu kunda Shvetsiyada istiqomat qiladi.

 
Politsiyanimng bildirishiga ko‘ra, u Stokgolmning chekka qismida yashab kelgan va qurilish shirkatida ishlagan.
Matbuot anjumanida qatnashgan Eltuz muxbirining aniqlashicha gumonlanuvchiga davlat tarafidan advokatlik qilish tajribali yurist Yoxan Erikson (Johan Eriksson) ga topshirilgan.
Politsiya ta'kidicha¸ Rahmat Aqilov dastlabki tergovdayoq aybiga iqror bo‘lgan.

 

Yevropa xavfsizlik hizmati nazoratida bo‘lgan


Eltuz muxbirining aniqlashicha Rahmat Aqilov haqidagi ma'lumot Germaniya havfsizlik kuchlari tarafidan berilgan. Shunigdek Aqilov Shvetsiya havfsizlik hizmati SÄPO nazoratida bo‘lgan. Bundan tashqari Aqilovning Rossiyada qidiruvda bo‘lgani fakti ham o‘rtaga chiqdi.

 

Aqilov O‘zbekistonda tazyiqqa uchraganligini aytib Shvetsiyadan qochqinlik maqomi so‘ragan va rad javobi olgan edi. Ana shundan keyin Aqilov minglab o‘zbek qochqinlaari kabi rad javobini appelyatsiyaga berib mamlakatda istiqomat qilayotgan edi.

 

Aqilov Shvetsiyadagi aksar o‘zbek migrantlari qatorida IShID simpatizatori sifatida nazoratda turgan. 8 aprelgacha uni feysbukda ikki akkaunti bo‘lgan. Bu akkauntlar 8 aprel kuni Stokgolm vaqti bilan 14 da o‘chirib qo‘yildi.

 
Nima bo‘lgan edi?

Yettinchi aprel kuni, noma'lum shaxs yuk mashinasida Stokgolm markaziy ko‘chasi Drottninggatanda bir necha odamni bosib ketgan va Åhlens cavdo markazi binosiga borib urilgan edi.

 
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra to‘rt nafar odam halok bo‘lgan, 15 odam jabrlangan.

 
Shved hukumati hodisani terakt deya baholadi.

 
Kunduzi poytaxt markaziga boradigan yo‘llar, jumladan metro stantsiyalari to‘xtatib qo‘yildi.

 
Eltuz voqeani kuzatishda davom etadi. Nashrimizni kuzatib boring
Qudrat Bobojon
Shvetsiya, Stokxolm
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 dekabr 2016
G‘arb davlatlari boshlagan 850 million dollar korruptsiya ishining asosiy figurantlaridan biri sanalgan Abdulla Oripov 14 dekabr kuni Bosh vazir ...
25 aprel 2017
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, Chinoz va Quyi Chirchiq tumanlari Ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari birdaniga almashtirildi. Kuni kecha Toshkent ...
1 fevral 2023
O‘zbekiston neft va gaz sohasidagi vaziyatni ichdan biluvchi ikki manbaning Eltuzga bergan ma'lumotdan anglashilishicha, “O‘zbekneftgaz” AJ va unga qarashli ...
2 avgust 2018
Yevropada yashay boshlaganim qochqinlikning o‘ninchi yili yakunlanarkan, bugun ilk bor yarim asrlik umrim ortiga qaramoqchi bo‘ldim. Jo‘n ma'noda esa ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...