Asosiy mavzular
28 aprel 2017

Toshkentda yashash uchun grin-kard tizimi yaratish kerakmi?

Toshkent propiskasiga kirish uchun rasmiy ro‘yhatdagi hujjatlarni yig‘ishga vaqtincha poytaxtda bo‘lish muddati ham yetmasligi haqidagi maqolani chop etgan Kun.uz nashri, ayni mavzudagi munosabatlarni ham yoritdi.

Bu mavzuda keyingi paytlarda sayt ketma-ket bir necha maqola e'lon qildi.

Jumladan, bir necha tanlovlar sovrindori bo‘lgan o‘qituvchi Toshkent viloyatidan sotib olgan shaxsiy uyiga 6 yildan buyon ijarada turib, vaqtinchalik ro‘yxatda turib ishlayotganini bayon qilgan.

«Doimiy ro‘yxatga qo‘yishni iltimos qilib prezidentga ham yozdik, ichki ishlardan kelgan xatga ko‘ra, biz ro‘yxatga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan toifaga kirmas ekanmiz. Shunda o‘zimga savol berdim: men qaysi toifadagi fuqaroman?» deydi murojaatchi.

Shuningdek, u «portalga Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga «grin-kard» tizimining mentalitetimizga moslashtirilgan variantini qo‘llash taklifini bergandim, bu taklifim ham qanchalik to‘g‘ri, bilmadim, axir barchamiz O‘zbekiston fuqarosimiz», deydi.

Boshqa bir murojaatchi esa, 7 yil burun turmush qurgan viloyatlik erini doimiy ro‘yxatga qo‘yish hokimlikning «uyingiz buzilish hududida» degan bahonasi sabab amalga oshmay kelayotganini bildirgan.

Ayol bu masala yuzasidan xalq qabulxonasiga murojaat yuborganida, u yerdagilardan «hokimlik ishlariga aralasha olmaymiz», degan javobni olganini aytadi.

«Virtual qabulxonaga ne umidlar bilan xat yozgandim, hammasi ko‘zbo‘yamachilik va xo‘jako‘rsingami? Hokimlik o‘ziga monopol tashkilotni yaratib olgan bo‘lsa, xalq qabulxonalarini ochishdan nima naf bor?» deya o‘rtanadi ayol.

Maqolada fuqarolarning poytaxt va Toshkent viloyatida doimiy yashashini cheklovchi bitta qonun, bitta qaror va bitta nizom borligini eslatib, poytaxtda shunday istiqomat qilayotganlarning aksariyati davlatga tegishli muassasalarda ishlayotgan o‘qituvchi, shifokorlar ekani, ularga uy xarid qilish va propiskaga qo‘yish uchun darhol imkoniyatlar taqdim etilsa, ayni muddao bo‘lishi ta'kidlanadi.

Xuddi shu mavzudagi boshqa maqolada «Toshkent – O‘zbekiston poytaxti. Hech qaysi qonunda respublika darajasidagi tashkilotlarda faqat toshkentliklar ishlashi shart, deb yozib qo‘yilmagan», deb keskin eslatib o‘tiladi.

Shuningdek, bu boradagi mavjud tartib-qoidalar ham ularga rioya qilishga uringan fuqaroni alal-oqibat qonunni buzishga majbur etishi, mantiqsizlikka to‘la ekani misollar bilan asoslab beriladi.

Aholining aksariyat qismini qiynayotgan, amaldorlarining poraxo‘rligiga yo‘l ochayotgan poytaxt iqomati muammosining mahalliy matbuot uchun ham dolzarb masalaga aylangani ko‘rib, «Nahotki, Toshkent mamlakat ichidagi mamlakatga aylangan bo‘lsa?» deya o‘ylash mumkin.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 yanvar 2018
Rassom Dumham Eltuz.com
19 sentyabr 2015
Agar chindan ham yurtni sevsangiz nega yurtda bo‘layotgan adolatsizliklarga qarshi turmaysiz? Yoki sizningcha yoshu-qarini majburan paxta dalalariga haydash adolatdanmi? ...
18 fevral 2019
Jizzaxning G‘allaorol tumanida yashovchi 30 yashar Akmal Ablokimov Samarqand viloyati Ishtixon tumanida ichki ishlar xodimlari tomonidan tahqirlangani va kaltaklangani ...
2 mart 2017
28-fevraldan 2-martgacha Istanbulda bo‘lgan Bosh vazir o‘rinbosari Rustam Azimov boshchiligidagi o‘zbek delegatsiyasi Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida sarmoyalar yotqizilishini va'da ...
Bloglar
22 sentyabr 2024
Vokal va vizual undan oldingi jiguli qo‘shig‘ining siyqa takrori xolos. Qo‘shiq melodiyasi kavkaz diskotekalridagi «Shiki ...
9 sentyabr 2024
Yaqinda miyani o‘rganish bo‘yicha yirik mutaxassis Tatyana Chernigovskaya ma'ruzasida ayollar bir paytning o‘zida hamma narsaga ...
10 avgust 2024
O‘zbekistonda bir arvoh kezib yuribdi. Bu Karimov arvohi. O‘zbekiston Karimov davridagi paranoyaga qaytib matbuotdagi «arvox» ...