Asosiy mavzular
29 may 2017

«Smile Lux»ning naychali ichimlikka egalik uchun kurashi

O‘zbekistonning kengayib borayotgan yaxna ichimliklar bozori, o‘nlab o‘zaro raqobatdosh shirkatlarning tobora shiddatli jang maydoniga aylanmoqda.

Ayni jarayonda «Smile Lux» MChJ o‘z raqobatchilarini «patent urushi»ga tortib, ular bozordan siqib chiqarishga harakat qilmoqda.

«Smile Lux» MChJ O‘zbekiston hududida «Smile» savdo belgisi ostida yaxna ichimliklar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Gap «SmileLux» tomonidan Intellektual mulk agentligida patentlangan foydali modelni boshqa kompaniyalar o‘z mahsulotlarida «noqonuniy ishlatayotgani» to‘g‘risidagi iddao to‘g‘risida bormoqda.

Bu foydali model tayyor ichimliklarni qadoqlashga oid bo‘lib, «Smile Lux» idishning ichida ichishni qulaylashtiradigan naycha joylashtirishni o‘z ixtirosi hisoblamoqda.

Shu bois, boshqa raqobatchilarning ichiga naycha joylab chiqarilayotgan mahsulotlarini o‘z ixtirosining noqonuniy o‘zlashtirilishi, deb bilib, sud orqali bunga chek qo‘yishga va bozorda monopolist bo‘lishga intilmoqda, demoqda boshqa kompaniyalar.

Ularning ta'kidlashicha, «qadog‘i ichida naycha bo‘lgan ichimliklar» aslida o‘tgan asrning 40-yillarida AQShda ixtiro qilingan bo‘lib, hozirgi vaqtda bu patent hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan ixtirodir. Shunday ekan, har qanday ishlab chiqaruvchi undan o‘zi istaganicha foydalanish huquqiga ega.

Naychasi bor ichimlik chiqarish O‘zbekistonda faqat «Smile Lux»ning huquqimi?

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, yaqinda O‘zbekiston Oliy xo‘jalik sudi «Smile Lux»ning o‘z «ixtiro»sini himoya qilish yo‘lidagi navbatdagi urinishida uning tarafini olgan va Davlat intellektual mulk agentligining xulosasini rad etib, mustaqil ekspertiza tayinlagan.

«Smile Lux» MChJ o‘z raqobatchisi bo‘lmish «New Pack» MChJni 0,5 litrli idishdagi ichiga naycha joylangan «YESS» nomli yaxna choy ichimligini patent egasidan ruxsat olmagan holda noqonuniy ravishda ishlab chiqarayotganlikda ayblamoqda.

Intellektual mulk agentligi esa mazkur sud ishi yuzasidan bergan xulosasida boshqa kompaniyalar ham «ichida naychasi bor ichimlik» mahsulotini ishlab chiqarish huquqiga ega ekani, bu hech kimning, jumladan, «Smile Lux» MChJning ham mualliflik huquqini buzmasligi to‘g‘risida bildirib o‘tgan.

Oliy xo‘jalik sudi bu xulosani tan olmay, mustaqil ekspertiza tayinlashi esa, mazkur agentlikning butun faoliyatini «qonundan tashqari» deb bilvosita tan olish bilan barobar, demoqda javobgar tomon.

Uning fikricha, davlat organlari, jumladan, Intellektual mulk agentligi ham o‘z vazifalari doirasida boshqa har qanday tashkilotdan ko‘ra ko‘proq vakolatlarga ega va bu vakolatlari doirasida qonunchilik asoslariga tayangan holda mustaqil xulosa bera oladi.

«Sud mustaqil tashkilot, lekin u sub'ektiv va hech qanday asosga ega bo‘lmagan shaxsiy mulohazalarga emas, avvalo, amaldagi qonunchilikka rioya etishi kerak», deydi javobgar tomon vakillari.

Bu – «Smile Lux»ning o‘z raqobatchilariga qarshi ilk «jangi» emas

Bir necha yil muqaddam «Smile Lux» o‘ziga tegishli patentdan noqonuniy foydalanilish da'vosi bilan «Niagara Bottlers» MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan 4600 dona idishdagi ichimlikni sud tartibida yo‘q qilishga erishgandi.

Bundan tashqari, «Smile Lux» da'vosi bilan «VOLT EXPRESS» MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar savdosi to‘xtatib qo‘yilgandi.

Bu sud jarayonlari O‘zbekistonda huquq egasining patentga bo‘lgan huquqlari buzilishi ortidan shuncha katta miqdordagi mahsulot yo‘q qilinishiga oid ilk holat bo‘lgandi.

Patent bilan bog‘liq yana bir holat bundan bir necha yillar muqaddam «ARKTIKA BOTTLERS» MChJ faoliyatida ham kuzatilgandi. Bu kompaniya mashhur «FunGO» savdo brendi uchun turli yo‘nalishlarga oid patentni qonuniylashtirgandi.

Ammo kompaniya bu brendni yuvish vositalari toifasida patentlashni yoddan chiqargan va bundan «ROSE DIAMOND» MChJ o‘z manfaati yo‘lida unumli foydalangandi.

O‘shanda tahlilchilar «ARKTIKA BOTTLERS»ning bunday e'tiborsizligi qimmatga tushishini, chunki «FunGO» brendi bilan yuvish vositalari ishlab chiqarilishi shu nom ostidagi yaxna ichimlikka nisbatan salbiy munosabat shakllanishiga sabab bo‘lishini ta'kidlagandi.

Kompaniyalarning bozorda intellektual mulk ob'ektlariga egalik qilish va ulardan foydalanishga asoslangan raqibligi raqobatning oliy formasidir.

Bu huquqlardan foydalanishda g‘irromlikka yo‘l qo‘yilmasligi, bozordagi raqobatning ochiq, oshkora va qonuniy bo‘lishi esa mahalliy ishlab chiqarishning ijobiy tomonga qarab o‘zgarishida muhim rol o‘ynaydi.

Eltuz.som

Tag‘in o‘qing
12 may 2017
12 may kuni Toshkentda atoqli o‘zbek shoiri Tursunboy Adashboev yurak hurujidan vafot etdi. Tursunboy Adashboev 1939 yil 1 yanvarida O‘sh ...
25 yanvar 2021
O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bog‘cha bolalariga har kuni maqom va milliy kuylar eshittirish taklifi bilan chiqdi. Endilikda maktabgacha ...
27 dekabr 2016
Telegramda tarqalgan videoda Toshkentning TTZ bozorida kallai saharlab tuxum olish uchun navbatda turgan tumonot odamni ko‘rish mumkin. Izoxlarga ko‘ra, ...
6 may 2019
Rossiyaning siyosiy malaylari ishtirokida tashkil etilgan tashabbusga O‘zbekistondagi siyosiy hukumat biror siyosiy baho berayotgani yo‘q. “Ozodlik”ning yozishicha, rus tiliga ...
Bloglar
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...
22 sentyabr 2024
Vokal va vizual undan oldingi jiguli qo‘shig‘ining siyqa takrori xolos. Qo‘shiq melodiyasi kavkaz diskotekalridagi «Shiki ...
9 sentyabr 2024
Yaqinda miyani o‘rganish bo‘yicha yirik mutaxassis Tatyana Chernigovskaya ma'ruzasida ayollar bir paytning o‘zida hamma narsaga ...