Asosiy mavzular
26 dekabr 2017

Bobomurod Abdullaev advokat Mayorov himoyasidan voz kechdi

26 dekabr kuni mahkum jurnalist Bobomurod Abdullaev bilan uchrashgan advokat Sergey Mayorov Abdullaev uning himoyasidan voz kechganini “Eltuz” muxbiriga ma'lum qildi.

“Men endi Bobomurodning advokati emasman. Ishonchim komilki, uning rad javobiga loyiq hech bir ish qilmadim. Biroq biz pozitiv notada hayrlashdik. U oilasining suratini ko‘rsatganim uchun mendan minnatdor bo‘ldi”, dedi taassuf bilan advokat Mayorov.

Bobomurod Abdullaev Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan shu yilning 27 sentyabrida o‘g‘irlab ketilgan. Oradan uch kun o‘tib, 1 oktyabr kuni uning hokimiyatni ag‘darishga urinishda ayblanayotgani ma'lum bo‘lgan edi.

Dastlabki paytdanoq, aftidan MXX bosimi ostida, Abdullaevning ayoli Katya Balxiboeva advokat Munojot Parpieva himoyasidan voz kechgan edi.

Bobomurod Abdullaev ishi prezidentning qiynoqlarga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi farmoni yoki uning qonun ustivorligi haqidagi takror-takror chiqishlari bilangina vaziyatni o‘nglash mumkin emasligiga yaqqol bir misoldir.

Abdullaevning huquqiy himoyadan voz kechishi uch oydan ziyod MXX hibsxonasida qolayotgan jurnalistning mutlaqo himoyasiz ekani va u malakali advokatni ishdan chetlatishni istayotgan MXX xodimlarining buyrug‘ini bajarayotganini anglatadi.

Eslatib o‘tamiz, Abdullaev ishini MXX tergovchisi Nodir To‘raqulov surishtirmoqda. U biznesmenlarga reyderlik bosqinlari bilan tanilgan MXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi tergov bo‘limining sobiq boshlig‘idir.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 mart 2019
Ha, yana yozamiz, yozaveramiz. Toki bu mukofot o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadni ado etmaguncha, ya'ni yosh qizlarning kelajakka motivatsiyasini oshirishga ...
16 oktyabr 2017
16 oktyabr kuni jurnalist Bobomurod Abdullaning onasi Davlat advokati Shahzod Sharipovga 300 ming so‘m pul to‘lagani haqida O‘zbekiston mustaqil ...
19 oktyabr 2018
Muhammad Bekjon esdaliklaridan iborat birinchi kitobning so‘nggi qismi 1999 yil 16 fevral portlashlari yoritilgan maqolalarga asoslangan. Karimov rejimi muxolifi ...
16 mart 2020
Joriy yilning 16 martiga kelib O‘zbekistonda rasman qayd etilgan koronavirus (COVID-19)ni yuqtirganlar soni, kunning birinchi yarmida olingan ma'lumotga ko‘ra, ...
Bloglar
2 iyul 2020
6-sinfda o‘qirdim, Kampuchiyada davlat to‘ntarishi bo‘lib hukumatga Pol Pot rahbarligidagi “Qizil kxmerlar” kelganini, ular butun ...
25 iyun 2020
​​Xalqaro press-klubda matbuot anjumani bo‘lib o‘tibdi, unda Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov ...
21 iyun 2020
(bo‘lgan voqea) Tarjimon sifatida Rossiyaning militsiya bo‘limlaridan biriga chaqirishgan edi. Bo‘limda jinoyatchi sifatida gumon qilingan ...