Asosiy mavzular
30 dekabr 2019

31 dekabr – Abdulla Qodiriy hibsga olingan kun

Zamonaviy o‘zbek romanchiligi va satira janri asoschisi Abdulla Qodiriy NKVD tomonidan «xalq dushmani» deya ayblanib, 1937 yilning 31 dekabrida qamoqqa olingan edi.

«Menga qo‘yilgan ayblarni boshdan-oyoq rad etaman. Haqiqat yo‘lida hech qanday jazodan, qiynoqdan qo‘rqmayman. Agar otmoqchi bo‘lsalar, ko‘kragimni kerib turaman…», degan edi u suddagi nutqida.

Abdulla Qodiriy 1938 yilning 4 oktyabrida Toshkentda otildi.

Abdulla Qodiriy 1894 yil 4 oktyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Dastlabki ta'limni musulmon maktabida olgan. 1908 yili rus-tuzem maktabida, 1916 yili Abulqosim madrasasida, 1925 yili Moskva Oliy adabiyot kursida o‘qigan.

1923 yili «Mushtum» satirik jurnali asoschilaridan biri va tahrir hay'ati a'zosi bo‘lgan. Adibning ilk asarlari 1914 yildan boshlab yozgan «To‘y», «Ahvolimiz», «Millatimga», «Fikr aylagil» kabi she'rlari, «Baxtsiz kuyov» dramasi, «Juvonboz», «Uloqda» hikoyalaridir.

Shuningdek, u satira yo‘nalishidagi «Kalvak Maxsum xotiralari», «Toshpo‘lat tajang nima deydir?» kabi turkum hikoyalar muallifi bo‘lgan.

«O‘tkan kunlar», «Mehrobdan chayon» kabi mashhur asarlari bilan esa Abdulla Qodiriy o‘zbek romanchiligiga asos solgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 dekabr 2024
Joriy yilning 7 dekabr kuni Stokgolm shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan O‘zbekistonning shvetsiyadagi elchixonasi, madaniyat markazi ...
4 dekabr 2019
(Muhammad Solih va Nurulloh Muhammad Raufxon suhbatlarini tinglab) 1980 yillar boshida rahmatli otam Madamin Bek bilan shoir Omon Matjonning ...
8 may 2022
Taniqli kinopublitsist Abdulaziz Mahmudov og‘ir xastalikdan so‘ng  8 may kuni 71 yoshida Toshkentda vafot etdi. Bu haqda Eltuzga uning ...
12 sentyabr 2020
O‘zbekistonlik minglab muhojirlar Rostov-Don shahridagi temir yo‘l stantsiyasi oldida lager qurdi. Issiqda, deyarli pulsiz, ishonchsizlik bilan ketishga umid qilishmoqda. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...