Asosiy mavzular
15 fevral 2018

Kelajakdan umid yo‘lidagi yolg‘onmi?

Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekistonda 2017 yilgi paxta terimi mavsumiga oid e'lon qilingan hisobotidan kelib chiqadigan xulosalarni o‘qib, xuddi shunday savol tug‘ilishi tabiiy.

Mazkur hisobotda «O‘zbekiston hukumati 2017 yilda paxta terimida majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha o‘zining katta siyosiy irodaga ega ekanini namoyish etgani» ta'kidlanadi.

Unda yozilishicha, hisobot paxta terimiga jalb etilgan 2 million 600 ming terimchidan uch ming nafari bilan o‘tkazilgan suhbatlar asosida tuzilgan, bu suhbatlar hukumat rasmiylari kuzatuvisiz va ogohlantiruvsiz o‘tkazilgan.

XMT 2017 yilda paxta terimida bolalar majburiy mehnatidan foydalanish masalasi dolzarbligini yo‘qotgani, bolalar terimga jalb qilinmaganini bildirgan.

Bizningcha, xalqaro tashkilotning bu hisoboti mamlakatdagi korxona va tashkilotlarning o‘z ixtiyoriga zid ravishda, ya'ni majburan paxta dalalariga haydalgan ming-minglab ishchi-xizmatchilari, birinchi navbatda, o‘qituvchi va shifokorlarga nisbatan, yumshoqroq aytganda, hurmatsizlikdir.

Bu holatni XMT hukumatning emas, balki «joylarda Toshkentdan majburiy mehnatga barham berish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalar turlicha tushunilayotgani va bu masalani hal etishga turlicha yondashuvlar bo‘layotgani oqibati» bilan izohlagan.

Holbuki, aslo unday emasga o‘xshaydi. Chunki «yuqoridan» qo‘rqadigan mahalliy hokimliklar hech qachon markaziy hukumatning ko‘rsatmalarini ko‘r-ko‘rona bajarmasligi mumkin emas.

Hukumat avvalgi mavsumlarda ham majburiy mehnat borligini inkor etib kelgan, lekin aslo bunday amaliyotdan voz kechmagan.

2017 yilgi paxta terimi mavsumi esa majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmasligi haqida og‘iz ko‘pirtirishlar ko‘p bo‘lgani, bu haqda oshkora va'dalar berilgani bilan esda qoldi.

Turli darajadagi hokimlar, birinchi navbatda, o‘qituvchi va shifokorlar terimga jalb etilmasligi to‘g‘risida gapirganiga qaramay, do‘ppi tor kelib qolganda aynan ularni dalaga haydadi.

Bu holatni nafaqat mustaqil OAV vakillari, balki mahalliy matbuot ham, masalan, «kun.o‘z» sayti ochiq e'tirof etdi. Majburiy mehnatga jalb etilayotganlarning shikoyatlari ko‘p bora jamoatchilik e'tiboriga havola etildi.

To‘g‘ri, o‘tgan yili O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi, xususan, paxtachilik sohasida ko‘plab o‘zgarishlar bo‘ldi. Avvalo, terilgan paxta uchun sezilarli darajada ko‘proq haq to‘lanadigan bo‘ldi.

Joriy yildan esa fermerlarga hosilni paxtani qayta ishlaydigan kompaniyalarga to‘g‘ridan to‘g‘ri sotish imkoniyati yaratiladigan bo‘lib turibdi. Bular haqiqatan ham hukumatning siyosiy irodasi bilan amalga oshirilmoqda.

Shunga qaramay, yuz berayotgan o‘zgarishlar o‘tgan yilgi majburiy mehnat holatlariga ko‘z yumishga sabab bo‘lmasligi kerak edi. Shuning uchun XMTning hisoboti aynan siyosiy manfaatlardan kelib chiqib tuzilgan, deyishga to‘la asos bor.

Sardor Azim
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 noyabr 2019
Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev bugungi o‘zbek jamiyatining pul quturtirgan eng tipik vakilidir. Quturgan maxluq hatto o‘z xo‘jayinini ham ...
21 may 2016
19 may kuni 21 yashar Dushanba turg‘uni Davron Qurbonov shaharning 103-nchi mitti mavzesida taqiqlangan “Islomiy Davlat”ning qora bayrog‘ini osganlikda ...
5 yanvar 2018
Ochiq manbalar asosida surishtiruv olib boruvchi Open source investigations jurnalistik guruhi, 29 dekabr kuni Sharif Inoyatovning Rossiyadagi yirik biznesiga ...
22 aprel 2022
Aziz do‘stlar, oylar sultoni  ramazon oyida sizlar bilan suhbat qilish baxtiga musharraf bo‘lganimdan sevinib suvutlarga chiqib ketmoqchiman. Mana kunlar ...
Bloglar
20 iyun 2022
1990 yil 20 iyunda O‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilingan edi. Mamlakat ...
17 iyun 2022
Biz nima uchun o‘zbek jamiyatida «ayollar huquqi» deb gapiramiz va bu ko‘pchilikka yoqmaydi?Buning sabablarini bilish ...
7 iyun 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 54-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan) AMAL ...