Asosiy mavzular
7 mart 2018

Bobomurodning sudi unga qo‘llangan qiynoqlar ekspertizasi chiqquniga qadar tag‘in qoldirildi

Toshkent shahri sudida 7 mart kuni boshlangan birinchi sud yig‘ilishi Bobomurod Abdullaevga tergovda qo‘llanilgan qiynoq alomatlarini aniqlash va ekspertiza natijasini kutish sababidan tag‘in qoldirildi.

Sud majlisining boshida Bobomurodning advokati Sergey Mayorov o‘z mijozining tergov payti hukumatning yangi amaldorlariga qarshi kompromat uydirish uchun qiynoqqa solingani haqida gapirdi.

6 mart kuni mijozi bilan uchrashgan Mayorov Bobomuroddan iqtibos keltirib, MXX tergovchilarining uni hibsga olishdan asosiy maqsadi yaqinda MXX rahbari bo‘lgan Ixtiyor Abdullaev va ichki ishlar vaziri etib tayinlangan Po‘lat Bobojonovga qarshi kompromat olish bo‘lganini bildirgan edi.

Sudya Zafar Nurmatov advokatning talabini qondirib, sud tibbiy ekspertizasi tayinlash to‘g‘risida qaror chiqardi.

Mayorovga ko‘ra, Bobomurod Abdullaev ham jismoniy, ham ruhiy qiynoqqa solingan.

“U muttasil qiynoqqa solingan. Qiynoqlar “Bobomurod, sen nega yangi prezidentni qo‘llab-quvvatlayapsan?”, “Xo‘sh, sening prezidenting nima ham qila olardi?” (Mirziyoev nazarda tutilgan), “Yangi prezident qo‘l ostida hamma o‘g‘irlik qiladi. Faqatgina MXXning sharofati bilan hokimlar o‘g‘irlik qilolmaydi”, “Haqiqiy hokimiyat MXXda va prezident hech narsa qilolmaydi”, degan gaplar ostida kechgan”, – deya ma'lum qildi advokat Sergey Mayorov.

Shuningdek, Mayorovning mijozi bilan 6 mart kungi uchrashuviga tayanib yozishicha, Bobomurod unga nisbatan qiynoqlar qo‘llagan MXX xodimlarining ismlarini keltirgan.

Uni bevosita kaltaklaganlar Qobil, Elmurod va eng shafqatsizi Majid bo‘lgan. MXX xodimlari O‘lmas va Volodya ismli shaxslar esa unga ruhiy bosim o‘tkazishgan.

Ular Bobomurodni MXX devorlari ichida o‘ldirmasliklarini, bu MXX faoliyatiga dog‘ tushirishini, uni Toshturma yoki zonada o‘ldirib yuborishlarini aytishgan.

Bobomurod ayni qiynoqlar ostida “Erk” demokratik partiyasi lideri Muhammad Solihga qarshi ko‘rsatma berishga ham majbur bo‘lganini advokatiga bildirgan.

Jurnalistning o‘zi garchi 2003 yildan “Usmon Haqnazarov” nomi ostida maqolalar yozganini ta'kidlasa-da, uni 2013 yildan boshlab Muhammad Solih topshirig‘i bilan maqolalar yozgani haqida ko‘rsatma berishga majburlashgan.

Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan shu yilning 27 sentyabrida o‘g‘irlab ketilgan Bobomurod Abdullaev hokimiyatni ag‘darishga urinishda ayblanib sudlanmoqda.

«Eltuz» nashri sud jarayonini kuzatishda davom etadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
14 noyabr 2018
O‘zbek hukumati Rossiya bilan hamkorlikda o‘zining kosmik dasturini ishlab chiqqani haqida 12 noyabr kuni “Interfaks” agentligi xabar tarqatdi. “O‘zbekistonga ...
25 avgust 2016
O‘zbekistondagi barcha nashrlarda sportchilarimizning Riodagi Olimpiadadan Vatanga qaytib kelishiga bag‘ishlangan maqolalar e'lon qilindi. Albatta, O‘zbekiston sportchilarining Olimpiadadagi g‘alabalari xalqimizni ...
6 aprel 2018
1899 yilning 6 aprelida Moskva yo‘llarida elektr bilan yuradigan tramvay paydo bo‘ldi. Bu tramvay ot tortib yuradigan ko‘nka aravalar ...
30 oktyabr 2017
Manqurt desam, manqurtga o‘xshamaydi. Hammasi ziyoliday ko‘rinadi. Oddiy odamlar emas. Biri hatto majburiy obuna yo‘q deb qovun tushirgan bo‘lsa-da, ...
Bloglar
24 noyabr 2020
“Humo” nomli uchoq shirkati haqida gap chiqishi bilan eronlik do‘stlarim o‘zbeklarni plagiatda aybladi. Eronda “Humo” ...
20 noyabr 2020
Bugun kechqurun gazim yonmadi, o‘zi shundoq ham past yonardi. O‘tin-ko‘mir g‘amlamagandim. Kichkina elektrpech o‘zini o‘zi ...
18 noyabr 2020
Ertalab mosh sotdim. Ko‘p emas, besh yuz kilo. Moshimni sotib olgan tadbirkor yigit: “Moshning pulini ...