UzPoster
16 aprel 2018

Qodiriyni otganlar kiyimini o‘zbek askari kiyadi

Mudofaa vazirligi harbiylarning kiyim-boshlari namunasini taqdim qildi. O‘zbek harbiysining yangi mundiri namunalari 1937 yilda Turkiston oydinlarini qatag‘on qilgan NKVD harbiylari mundiriga juda o‘xshaydi.

14 aprel kuni Gazeta.o‘z nashri chop etgan maqolaga izohlarda o‘zbek harbiy kiyimi bichimiga ulgi eski sovet armiyasidan olingani, jumladan, rus armiyasi ishlatgan furajka va kamari zamonaviy muntazam armiya uchun eskirgan atributlar ekani yozilmoqda.

Lekin muammo nafaqat bu o‘xshashliklarda. «Eltuz» nashrining o‘rganishicha, yangi o‘zbek harbiy mundirini tikishga buyurtma olgan to‘rtta shirkatning kamida ikkitasi Rossiyanikidir.

Harbiy kiyim-bosh namunalari Moskvada ro‘yxatga olingan «Ideal» shirkati tomonidan taqdim qilingan, Rossiyaning «Smart-teks» shirkati esa matolarni bo‘yash pudratini amalga oshiradi.

Pudratning bir qismi esa Xitoy ishtirokidagi «Narimteks» qo‘shma korxonasi va «Apiteks» shirkati zimmasiga tushgan.

Yana bir muammo paxta sanoati rivojlangan mamlakat harbiylarining kundalik kiyim-boshi 40 foiz polester aralashmasidan bo‘lgan «ripstop» gazlamasidan tikilishi, podkladkasining esa 100% kimyoviy materialdan ekani, shuningdek, xolofayber, sintepon, import jun va suniy tolalar ishlatilishidadir.

Ushbu harbiy kiyim-bosh allaqachon Samarqand viloyati harbiy qismlariga sinov tariqasida tarqatilgan.

O‘zbek armiyasi Markaziy Osiyoda miqdori jihatidan eng katta va eng kuchli qo‘shin hisoblanadi.

O‘zbekiston mudofaa qo‘shinlari qudrati jihatidan Global Firepower ning 2015 yilgi reytingi bo‘yicha dunyoda 54 va MDHda 3-o‘rindadir.

O‘zbekiston Qurolli kuchlari tarkibi 12 oyga chaqiriluvchi mudddatli, bir oyga chaqiriluvchi safarbarlik, kontrakt hamda doimiy harbiy xizmatchilardan tarkib topadi.

Birgina quruqlikdagi qo‘shinlarga har yili 40 mingdan ziyod askar muddatli xizmatga chaqiriladi. Doimiy harbiy xizmat, havo, dengiz, chegara, ichki ishlar qo‘shinlari, DXX tarkibi bundan mustasno.

Bu esa armiyani kiyintirish bilan to‘liq O‘zbekiston shirkatlari shug‘ullanishi iqtisodiy jihatdan ham muhimligini, bundan mahalliy tikuvchi shirkatlar ko‘proq manfaatdor bo‘lishi kerakligini anglatadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 aprel 2024
Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sirg‘ali tuman sudi sudyasi Jinoyat kodeksining 168- (firibgarlik), 28, 211-(pora berish) moddalarining tegishli qismi ...
17 oktyabr 2015
Malohat Eshonqulova Mustaqil jurnalist, Eltuz.com 5 sentyabr, 2015 yil. Tungi soat 24.30. Eshik taqilladi. Qarasam, Urlaeva. “ortimdagi ayg‘oqchilarim dam ...
12 fevral 2020
Toshkent harbiy mahkamasi sobiq mulozim Rafiq Sayfulin va O‘zbekiston qurolli kuchlari birlashgan shtabi boshqarma boshlig‘i Akbar Yorboboevni davlatga xoinlik ...
22 noyabr 2018
SSSRning qudratli KGB idorasi jinoyatlarini fosh qilgani uchun xalq orasida» Rembo» laqabini olgan va o‘n yilga qamalgan o‘zbek militsiyasi ...
Bloglar
22 sentyabr 2024
Vokal va vizual undan oldingi jiguli qo‘shig‘ining siyqa takrori xolos. Qo‘shiq melodiyasi kavkaz diskotekalridagi «Shiki ...
9 sentyabr 2024
Yaqinda miyani o‘rganish bo‘yicha yirik mutaxassis Tatyana Chernigovskaya ma'ruzasida ayollar bir paytning o‘zida hamma narsaga ...
10 avgust 2024
O‘zbekistonda bir arvoh kezib yuribdi. Bu Karimov arvohi. O‘zbekiston Karimov davridagi paranoyaga qaytib matbuotdagi «arvox» ...