Asosiy mavzular
2 iyun 2022

2 iyun – Rossiya istilochilariga qarshi Zirabuloq jangidagi mag‘lubiyat

Rossiya istilochilari tomonidan Samarqand bosib olingach, 1868 yilgi eng qonli janglar Zirabuloq tepaligini saqlab qolish uchun bo‘ldi.

Biroq Rossiyaning zamonaviy o‘tochar qurollar, zambaraklarga ega armiyasiga qarshi tengsiz jangda Buxoro amiri askarlari mag‘lubiyatga uchradi va Rossiya hukumatidan otashkesim so‘rashga majbur bo‘ldi.

1968 yilning 23 iyunida tuzilgan tinchlik bitimiga ko‘ra, Buxoro xonligi o‘z tasarrufidagi Samarqand, Kattaqo‘rg‘on, Panjikent va Urgut bekliklarini, Zarafshon vodiysini Rossiyaga topshirdi.

Bundan tashqari, Buxoro amiri Rossiya imperatorligiga 500 ming tilla harbiy tovon puli to‘lash, rus savdogarlariga amirlik hududlarida erkin savdo qilishiga ruxsat etish, ularning mol-mulki, shaxsiy himoyasiga kafolat berish, shuningdek, barcha shaharlarda savdo agentliklarini ochishga imkon yaratish majburiyatini oladi.

Shu tariqa bu bitim Buxoro amirining Zirabuloq tepaligidagi mag‘lubiyatidan so‘ng yurt mustaqilligiga qarshi Rossiyaning navbatdagi qaqshatqich zarbasi bo‘lgan edi. O‘sha vaqtdan Buxoro amiri rus hukumatining barcha xohish-istaklarini bajara boshladi.

Rossiya esa o‘z mustamlakachilik siyosati bois xalq orasida amirlikka qarshi kelib chiqqan norozilik isyonlarini qurolli bostirishda yordam ko‘rsatib keldi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 mart 2019
O‘tgan 2018 yilning birinchi choragida Rossiyadan O‘zbekistonga jami 726 mln dollar pul o‘tkazilgan. Uning 200 million dollari Rossiya fuqarolari, ...
23 sentyabr 2019
O‘zbekiston «Erk» demokratik partiyasi a'zosi, shoir va jurnalist Mahmud Rajab adolat istab 22 sentyabr kuni Xorazmdan Toshkentga qarab yo‘lga ...
22 oktyabr 2022
Muxbir: To‘liq asarlar to‘plamingiz chiqayotgan ekan. Adashmasam, 9 tom. Bu juda katta hajm! Men hursand bo‘ldim. Turklar buni «Kulliyot» ...
26 avgust 2021
Afg‘onistonda toliblar o‘zbek tilini maktab dasturidan chiqarib tashladi. Bu haqdagi xabar va dars jadvali 24 avgust kuni ijtimoiy tarmoqda ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...