Asosiy mavzular
4 iyul 2018

Pulli shou uchun Registon devor bilan to‘sildi

Samarqanddagi Registon maydonida pulli 3D shouni “begonalar”dan to‘sish uchun o‘rnatilgan devor ijtimoiy tarmoqdagi o‘zbeklar g‘azabini keltirdi. Kirish chiptalari mahalliy xalq uchun 2500, sayyohlar uchun 14000-16000 so‘mdan pullanayotgani haqida tarmoqda bildirildi.

Bu gaplar nihoyat, aniqrog‘i, 3 iyul kuni Samarqand viloyati hokimi qulog‘iga yetib borgani haqida yozishdi.

“Hozirgina ajoyib xabar oldim. Viloyat hokimi “Toshshaharnur”ning o‘zboshimchaligidan g‘azabda va yaqin orada Registonda qurilgan sharmandali to‘siqlarni olib tashlasharkan”, deya yozdi samarqandlik yuzer Fotima Orifjonova.

Sharmandali devorning qulatilishi haqidagi xabarni samarqandliklar “Ura!” sadolari ostida qarshilashdi.

Asnoda Hamza teatrida takror va takror qo‘yilgan “Oltin devor” spektakli eslandi. Go‘yoki devor qulatilsa, uning tagiga yashirilgan oltinlar xalqqa qaytariladi yoki oltinni cho‘ntakka urgan korruptsionerlar jazolanadi.

Faqat Samarqandda “tarixiy devor” qurilganidan, buning ustiga, uning “Toshshaharnur” unitar korxonasi homiyligida barpo etilganidan viloyat hokimining bexabarligi ayrimlarni taajjublantirdi.

“Bu qanchalik to‘g‘ri xabar”, “Hokim shaharda emasmidi”, “U qaytib kelib devorni ko‘rdimi”, deya yozishdi skeptik yuzerlar.

Uzoq va yaqin tarixda shahar xalqini dushmandan himoya qilish uchun devorlar qurilgan.

Masalan, shularning eng kattasi va qadimiysi Xitoy devori. So‘nggisi esa 1961 yili SSSR qurgan va 1989 yili qulatilgan Berlin devori.

Berlin devori ham shaharni chet kishilardan to‘sish uchun qurilgandi. O‘zbekistonning Samarqand shahri Registonida 2018 yilning iyulida qurilgan devor esa, aksincha, shahar maydonini shaharliklardan to‘sib, puldor chet kishilarga ko‘z-ko‘z qilish uchun qurildi.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 iyul 2016
Rossiya imperiyasi olib borgan ishg‘olchi urushlar natijasida Markaziy Osiyodagi xonliklarga oid ulkan tuproqlar, o‘sha yerlarda yashagan “tuzemets”lar bilan birga ...
27 oktyabr 2016
“Milliy tiklanish” gazetasi (26.10) shu nomdagi partiyaning parlamentdagi fraktsiyasi yig‘ilishida 2017 yilga mo‘ljallangan byudjetnoma – davlat byudjeti, davlat maqsadli ...
9 fevral 2020
15 asr jahon ma'naviyatining buyuk siymosi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy 1441 yil 9 fevralda Hirotda tug‘ildi. U turkiy tilni ...
18 noyabr 2016
Abdulla Oripovning vafoti xalqimizning sevimli shoiri so‘nggi vaqtlarda norasmiy taqiq ostida yashagani, bundan bir qancha vaqt ilgari “Ozodlik” radiosi ...
Bloglar
22 oktyabr 2020
Milliy ishlab chiqarishni rivojlantirish degan bahona, niqob yordamida monopollarimiz qonimizni so‘rib yotibdi. Tashqaridan iste'mol mollari ...
20 oktyabr 2020
Bundan o‘n yil ilgari poytaxdagi o‘rtacha ikkita amaldor tushlikka bir millionga yaqin pul sarflashini eshitib ...
15 oktyabr 2020
O‘nta roman yozay, ellikta she'riy to‘plamim nashr etilsin, yozganlarim dunyoning barcha yirik tillariga tarjima qilinsin, ...