ART-DURBIN
20 iyul 2018

Muzey mudirasi: Zanglagan uskuna bois Shevchenkoning shoh asariga zarar yetdi

Nukus muzeyida 16 iyulga o‘tar kechasi zanglagan quvurdan oqqan suv mashhur futurist rassom Aleksandr Shevchenkoning «Chelak ko‘targan ayol» rasmiga zarar yetkazdi.

Voqea, «Eltuz» muxbirining o‘rganishicha, Savitskiy muzeyi ko‘rgazmalar zali shiftiga o‘rnatilgan yong‘inga qarshi moslamalar (sprinkler)dan birining kechasi uzilib tushishi oqibatida ro‘y bergan.

Bu holatni «Eltuz»ga tasdiqlarkan, muzey tasviriy san'at bo‘limi mudirasi Venera Kim hodisaning internetda ancha ko‘pirtirilganini ham aytdi.

«Shevchenkoning «Chelak ko‘targan ayoli»ga yetgan zarar internetda qay darajada ko‘pirtirilganidan xabarim bor», dedi Venera Kim. Uning aytishicha, nashrlar hatto muzeyda yong‘in chiqqani, Shevchenko asari tiklab bo‘lmas holga kelganini yozishgan.

Venera Vladimirovnaning «Eltuz»ga bildirishicha, aslida suv oqishi oqibatida mashhur polotnodagi moybo‘yoqning bir parchasigina ko‘chgan, ayrim joylari namiqqan va hozirda asarni mukammal restavratsiya qilish masalasi ko‘rilmoqda.

«Agar bilsangiz, ayni suv purkagich moslamalar o‘sha siz bilgan muzeyning oldingi rahbari Marinika Bobonazarova davrida o‘rnatilgan edi», dedi Venera Kim «Eltuz» muxbiri bilan suhbatida.

Shevchenko «Chelak ko‘targan ayol» asarini 1914 yilda yaratgan. Uning narxi bugungi kunda bir million dollardan ziyod baholanishi mumkin, chunki rassomning ko‘lami jihatdan kamroq qiymatdagi «Shahar chekkasida» asari 2012 yili 700 ming dollardan oshiq narxda sotilgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 mart 2023
O‘zbekistonda 1995 yilning martida prezident vakolatini uzaytirish uchun referendum o‘tkazilgan edi. Islom Karimovning prezidentlik vakolatini 2000 yilga qadar uzaytirgan ...
13 aprel 2017
O‘zbekistonda davlat tiliga katta e'tibor haqida ko‘p gapirilayotganiga qaramay, mamlakatda o‘zbek tilini mustaqil o‘rganish bo‘yicha qo‘llanmani topish anqoning urug‘idek ...
1 avgust 2018
«Talqonchi» non ushatishda davom etadi… O‘zbek mahbuslari uchun chaqimchi kameradosh bilan yashash qanday yoqimsiz… Sobiq siyosiy mahbus Muhammad Bekjon ...
26 dekabr 2023
G‘allaorol sudi tanishini Turkiyaga jalablikka yubormoqchi bo‘lgan ayol ozodligini uch yilga chekladi. Sud 23 yoshli sudlanuvchi Ozoda Hazratqulovani O‘zbekiston ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...