Asosiy mavzular
3 oktyabr 2018

Gulnora Karimova Dubaydami?

Yirik miqdorda tovlamachilik va korruptsiyada ayblanib, jazo o‘tayotggan 46 yashar Gulnora Karimova 2 oktyabr kuni xususiy uchoqda Dubay shahriga keldi.

Bu haqda “Ozodlik” radiosi o‘z manbalariga tayanib, 3 oktyabr kuni ma'lumot tarqatdi.

Gulnora Karimova mingan xususiy samolyot 2 oktyabr mahalliy vaqt bilan soat 14 da Dubayga kelib qo‘ngan va u VIP mehmon sifatida qayd etilgan.

“Eltuz” nashrining o‘rganishicha, Gulnora Karimova ismidagi xos mehmon Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida “Jumeyra al nasim” mehmonxonasi xodimlari tomonidan alohida ehtirom bilan kutib olingan va mehmonxonaning de-luxe spa nomeriga o‘rnashgan.

“Karimovani kutib oluvchi, unga xizmat ko‘rsatish, xususan, xavfsizligini ta'minlashga mas'ul xizmatchilarga tarqatilgan VIP mehmonga oid ma'lumotnomaga” ega ekanligini iddao qiladi, jumladan, “Ozodlik” e'lon qilgan maqola muallifi.

Ma'lumotnomada Karimovaning “2016 yilda vafot etgan prezidentning to‘ng‘ich qizi ekani va O‘zbekistonda qator nohukumat tashkilotlari asoschisi va rahbari ekani” aytiladi.

Ozodlik muxbiri Gulnora Karimova bilan gaplashdi

Maqolada aytilishicha, “Ozodlik” muxbiri Gulnora Karimova bilan qisqa suhbatda bo‘lgan.

«Go‘shakni Gulnora Karimova ko‘tardi. Go‘shakni ko‘targan ayol “Gulnora, sizmi?” degan savolga “ha” deb javob berdi va kim telefon qilganini bilgach, darhol trubkani qo‘yib qo‘ygan.

O‘zbekiston rasmiylari Gulnoraning ozod etilganini inkor qilmoqda

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi 2 oktyabr kuni “Gulnora Karimova qonun bilan belgilangan tartibda jazo o‘tashni davom etmoqda”, deya bayonot bergan edi.

2017 yil 28 iyul kuni Bosh prokuraturaning Uyushgan jinoyatchilik va korruptsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi Bosh prokuratura rasmiy saytida “G.Karimovaga nisbatan jinoyat ishlari yuzasidan xabar” e'lon qilgan edi.

Bu yilning 3 oktyabrida Bosh prokuratura rasmiy saytidan topilmagan bu hujjatda tovlamachilik va 2 milliard dollar atrofidagi pulni yashirishda ayblangan Gulnora Karimovaga Toshkent viloyati sudining 2015 yil 21 avgustdagi hukmi bilan 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangani aytilgandi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 yanvar 2017
Turkiyadagi tungi klubga hujum qilib 39 kishini o‘ldirgan hujumchi qirg‘izistonlik Mashrapov Yahyo ekani gumon qilinmoqda. Turk matbuotiga ko‘ra, Mashrapov ...
18 sentyabr 2017
Kun karikaturasi ruknida “Eltuz” nashri, 49 yosh o‘zbek rassomi Shavkat Muzaffarning “Prayer” (Iltijo) karikaturasini taqdim etadi. Bugungi kun zehniyati ...
21 yanvar 2021
O‘zbekistonning g‘arbiy qismida vatandoshlarning tana a'zolarini o‘lchash deb nomlangan antroponomik taftishga minglab tibbiy xodim safarabar qilindi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ...
20 oktyabr 2016
18-19 oktyabr kunlari Shvetsiya poytaxtida o‘tgan tadbirlarda O‘zbekistondagi bugungi siyosat, So‘z erkinligi, vijdon mahkumlari va paxtachilikdagi majburiy mehnat muammolari ...
Bloglar
2 mart 2021
Bir og‘aynim qo‘qqisdan men haqimda daholarcha bashorat qilib bunday deb qoldi: Kerak bo‘lsa, ming foiz ...
25 fevral 2021
Bolaligimda mendan 5-6 yosh katta qo‘shni kaptarvoz bola bo‘lardi. Ko‘pincha kaptarlari bizning hovlimizga uchib kelib ...
17 fevral 2021
Hali gazga o‘tilmagan yonilg‘i sifatida faqat benzindan foydalaniladigan vaqtlar edi. Benzin esa avtomobillarga yonilg‘i quyish ...