Asosiy mavzular
29 oktyabr 2018

Istanbulda hibsga olingan Malik Mansur ozod etildi

«Amerika ovozi» radiosining Istanbul shahrida hibsga olinib sudlangan, Malik Mansur taxallusi ostida ishlaydigan 49 yoshli muxbiri Abdumalik Boboev 29 oktyabr kuni kechqurun soat 17.00 atrofida ozod etildi

Malik Mansurning «Eltuz» manbasiga qoldirgan xabariga ko‘ra, u ayrim taqiq jazo choralari bilan hibsdan ozod etilgan.  Biroq jazo choralari tafsiloti hozircha «Eltuz»ga ma'lum emas. O‘zbek jurnalistining hibsdan ozod qilinganini» Amerika ovozi» radiosi o‘zbek xizmati rahbari Javdat Sayxon ham tasdiqladi.

Malik Mansur Turkiyada istiqomat qilayotgan 300 mingdan ziyod O‘zbekiston vatandoshi hayotidan reportajlar tayyorlayotgan edi.

Jurnalist yaqinlarining «Eltuz»ga aytishicha, u Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulxonasi oldida o‘tayotgan namoyishni videotasvirga olayotgan paytda 28 oktyabr kuni ushlangan.

«Turkiyadagi “O‘zbeklar” tashkiloti rahbari Odam Chevik Saudiya konsulxonasi binosida «Vashington post» jurnalisti Jamol Qoshiqchi o‘ldirilganini qoralab nutq so‘zlaganida politsiya keldi.

Odam Chevikni ham, uni vidoega olgan Malik Mansurni ham qo‘liga kishan solib olib ketishdi», deydi jurnalistning Istanbuldagi yaqinlaridan biri.

«Eltuz»ning o‘rganishicha, Malik Mansur “izn berilmagan miting ishtirokchisi sifatida hibsga olinib, Levand tergov bo‘limida (Levent karakolu) so‘roq qilinib, ayni bo‘lim hibsxonasiga qamab qo‘yilgan.

Bundan sal ilgari «Eltuz» huquqbuzar sifatida ayblanayotgan jurnalistning sud ishi 29 oktyabrning birinchi yarmida Istanbul shahri Chog‘loyon (Çağlayan adliyasi) adliya binosida bo‘lishi rejalangani haqidagi xabarni olgan edi.

“Amerika ovozi” radiosining o‘zbek xizmatida 2002 yildan buyon jamoatchi muxbir bo‘lib ishlab kelgan Malik Mansur 2011 yilning fevralida «hokimiyat idoralariga tuhmat qilganlik»da ayblanib, ustidan jinoyat ishi ish qo‘zg‘atilgani ortidan O‘zbekistonni tark etib, Germaniyadan siyosiy boshpana olishga majbur bo‘lgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
22 mart 2016
«Huquq» gazetasi mana shu kombinat bilan bog‘liq navbatdagi firibgarlik haqida maqola e'lon qildi. Ma'lum bo‘lishicha, angrenlik shaxs kombinatning shaxta ...
6 yanvar 2020
O‘zbekiston “Erk” Demokratik partiyasi lideri Muhammad Solih 1992 yilning 16 yanvarida poytaxtning Talabalar shaharchasida sodir bo‘lib isyon va undan ...
3 iyul 2017
30 iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoev, «Kamolot»ni tugatishga, uning o‘rnida komsomolga o‘xshash (Kommunistik Yoshlar Ittifoqi) kabi tashkilot tuzishga qaror ...
17 dekabr 2019
«Xullas, shu kundan boshlab “kirpichka”ning masteri Erkin qora meni promkadagi eng og‘ir ishga, ya'ni ichkarisida havo darajasi 70-80° darajagacha ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...