Asosiy mavzular
5 noyabr 2018

Urganchda yana bir ko‘prik quladi

Shu yil 2 noyabrga o‘tar kechasi Xorazm viloyatining Urganch shahridan Cholish posyolkasiga o‘tadigan ko‘prik quladi.

Bu haqdagi xabar va fotosuratlarni telegram va feysbukda qoldirgan «Bloger N-M» kanaliga ko‘ra, voqea soat 21.00 da yuz bergan.

«Bitta «Damas» zarar ko‘ribdi. Egasi sog‘ bo‘lsin ishqilib», deya yozadi bloger o‘zining feysbukdagi sahifasida.

Bundan ilgari Xorazm viloyatida 2018 yilning 14 avgust kuni Xonqa tumanining Qoraqosh qishlog‘idan Yangiariq tumaniga o‘tuvchi ko‘prikning bir qismi qulab tushgani,  oqibatda yuk mashinasiga jiddiy ziyon yetgani, haydovchining shifoxonaga yotqizilgani haqida «Eltuz» xabar bergan edi.

2015 yilning 8 avgustida esa Urganch shahridagi «Yoshlar ko‘li»da yangi qurilgan ko‘prikning qulashi oqibatida o‘ndan ziyod odam suvga cho‘kib o‘lgan va o‘nlab odam jarohat olgan edi.

Fojeaga sobiq prokuror, endilikda Urganchdagi 8-TV kanali rahbari Ulug‘bek Sobirov uyushtirgan kontsertga kelgan olomonning ko‘prik ustida to‘planishi sabab bo‘lgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 avgust 2019
Toshkent shahrida 23-24 avgust kunlari Shayxontohur tumani 4-ichki ishlar bo‘limiga «Malika» savdo majmuasidagi tayanch nuqtasiga soqolli erkaklar tutib keltirilib, ...
11 iyul 2017
3 iyul kuni Beshariq markaziy shifoxonasiga keltirilgan 25 yoshli ayol vafot etdi. Bu haqda Eltuz nashriga murojat etgan ayolning ...
28 fevral 2019
So‘nggi ikki yil davomida O‘zbekiston bir necha bor yanada ochiq bozor iqtisodiyotiga o‘tishi haqida e'lon qildi. Asta-sekin bu o‘zgarishlar ...
3 iyul 2016
Turkiya aeroportida 28 iyun kechasi uyushtirilgan bombali hujum paytida halok bo‘lgan namanganlik Abrorjon Ustaboev va toshkentlik Muxiddinov Samad Murodovichlar ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...