Asosiy mavzular
21 dekabr 2018

Namanganlik aktyorlar qorong‘u cahnada yangi yilga tayyorlanishmoqda

Qalin kurtkalar, quloqchinlar kiyib, smartfon yorug‘ida turgan bu odamlar – Namangan musiqali drama aktyorlari. “Eltuz”ga ushbu suratni jo‘natgan muxlisga ko‘ra, ular 17 dekabr kuni teatrning qorong‘u va sovuq zalida bu yilgi yangi yil spektakli repetitsiyasini qilishmoqda…

Teatr jamoasiga tezlik bilan yangi yil tomoshalariga tayyorgarlik ko‘rish haqida “yuqori”dan buyruq bo‘lgan. Lekin, rasmda ko‘rinib turganidek, chiroq berilmagan, teatr zali juda sovuq.  

“Namangan teatri ijodkorlari og‘ir ahvolda ishlashyapti. Teatr garderobdan boshlanadi, degan kalima bugun Namangan teatriga taalluqli emas”, dedi “Eltuz”ga surat muallifi D.F.

Namangan davlat musiqali drama teatriga ilk bor havaskorlik jamoasi ko‘rinishida 1931 yili asos solingan.

O‘tgan yillar davomida teatr sahnasiga Cho‘lponning “Hujum”, K.Gotsining “Malikai Turondot”, Shillerning “Makr va muhabbat”, Shekspirning “Qirol Lir nabiralari” kabi sahna asarlari olib chiqilgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 dekabr 2016
Prezident saylovi o‘tar-o‘tmas matbuot xuddi Islom Karimov davridagi holatiga qaytdi-qo‘ydi. “Yo‘lchi yulduzi”ni bir muddat yo‘qotib qo‘ygan partiya nashrlari hatto ...
14 aprel 2016
O‘zbekiston Milliy Xavfsizlik xizmati buyurtmasiga ko‘ra tayyorlangan “GTA yohud o‘yinga aylangan xayot” xujjatli filmi Oliy o‘quv yurtlari, maktab va ...
28 noyabr 2019
Turkiyada yashayotgan O‘zbekiston “Erk” demokratik partiyasi lideri Muhammad Solih 27 noyabr kuni “Nastoyashee vremya-Aziya” TV dasturi uchun bergan intervyusida ...
12 dekabr 2015
Yangi raxbar: “Tralli vallini yig‘ishtirib hammangiz IShIDga qarshi qo‘shiq aytasizlar!” Rassom: Tuz Eltuz.com
Bloglar
24 noyabr 2020
“Humo” nomli uchoq shirkati haqida gap chiqishi bilan eronlik do‘stlarim o‘zbeklarni plagiatda aybladi. Eronda “Humo” ...
20 noyabr 2020
Bugun kechqurun gazim yonmadi, o‘zi shundoq ham past yonardi. O‘tin-ko‘mir g‘amlamagandim. Kichkina elektrpech o‘zini o‘zi ...
18 noyabr 2020
Ertalab mosh sotdim. Ko‘p emas, besh yuz kilo. Moshimni sotib olgan tadbirkor yigit: “Moshning pulini ...