Asosiy mavzular
9 aprel 2019

Hukumat Muhammad Solih yaqinlari ustidan ta'qibni qayta tikladi

Rasmiy Toshkent O‘zbekiston xalq harakati (O‘XH) lideri Muhammad Solihning qarindoshlari ortidan ta'qibni qaytadan boshladi.

Xususan, 2019 yilning 7 aprel kuni Muhammad Solih o‘zining kenja ukasi Rashid Bekjonning Yangibozor tumani Boshqirshix qishlog‘idagi uyiga uchastka noziri kelib, uning ustidan rasmiy nazorat o‘rnatilganligini «Eltuz»ga bildirdi.

O‘zbek muxolifatchisining tag‘in bildirishicha, uning kenja ukasi uchastka militsioneridan: «Bunday nazorat o‘rnatilishiga qanday huquqiy asos bor?» deb so‘ragan. Biroq mahalliy idora vakili hech qanday javob bermagan va ketgan.

Bundan tashqari, shu yilning 2 aprel kuni mustaqil o‘zbek jurnalisti Mahmud Rajabovga Toshkent xalqaro aeroporti chegara-bojxona posti boshlig‘i R. Abdullaev rasmiy chaqiriq qog‘ozi jo‘natgan. Undan zudlik bilan (2019 yil 1 aprel kuni – !!!) bojxona-chegara postiga yetib kelish talab qilingan. Chaqiriq qog‘oziga sabab, 26 mart kuni Istanbuldan Toshkentga qaytgan Mahmud Rajabov o‘zi bilan O‘XH lideri Muhammad Solihning she'riy va publitsistik to‘plamlarini olib kelgani bo‘lgan.

Xorazm viloyatida (Toshkentdan 1100 kilometr uzoqda) yashovchi jurnalist poytaxtga bormadi, chunki unga chaqiruv qog‘ozi muddatidan kechikib yetkazilgan edi. Biroq 7 aprel kuni u allaqaysi «noma'lum shaxs va noma'lum manzildan kelgan posilka»ni olish uchun mahalliy pochtaga chaqirilgan.

«Men pochta bo‘limiga bormadim, chunki bu «chaqiriq» men uchun shubhali tuyuldi. O‘ylashimcha, meni pochta bo‘limiga chaqirib, «ichkari»ga olib kirishmoqchi. Aftidan, O‘zbekiston diniy ishlar qo‘mitasi men Muhammad Solihning Turkiyadan olib kelgan kitoblari bo‘yicha salbiy xulosa bergan», dedi Mahmud Rajabov «Eltuz»ga.

«Eltuz» manbalarining bildirishicha, Davlat xavfsizlik xizmati (DXX – sobiq MXX)ning yangi raisi Abdusalom Azizov va uning birinchi o‘rinbosari Botir Tursunov davlat rahbari Shavkat Mirziyoevni Karimovning «gaykalarni burash» tajribasiga qaytish zaruratiga yana ishontirishgan.

Sobiq siyosiy mahkumlar, jumladan, Muhammad Solihning yaqinlari ustidan doimiy nazorat amaliyoti O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki davrida prezident Islom Karimov tashabbusi bilan joriy etilgan.

Bu amaliyot doirasida sobiq (endigina ozod etilgan) mahkum bir yil davomida majburiy tartibda maxsus rejim (yashash joyini tark qilmaslik, soat 19.00 dan so‘ng uyda bo‘lish va hokazo) tartibiga rioya qilgan va har oyda mahalliy ichki ishlar idoralariga hisobot bergan. Nazorat amaliyoti qamoqdan ozod etilganidan roppa-rosa 12 oy o‘tganidan so‘ng to‘xtatilgan.

Biroq bu tajriba 2016 yilning kuzida, prezident Shavkat Mirziyoev hokimiyat tepasiga kelgach bekor qilindi. «Har xil «qora ro‘yxat»da deb aytiladigan odamlar va sobiq mahkumlar ortidan nazoratni to‘xtating», deya bayonot bergan edi Sh. Mirziyoev Andijon viloyati hokimligidagi chiqishida.

«Ayni bayonotdan uch yil o‘tib, rasmiy Toshkent qarindoshlarimiz ortidan ta'qibni qayta tikladi», deya izoh berdi «Eltuz» nashriga muxolifat lideri Muhammad Solih.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 yanvar 2018
18 yanvar kuni Samara-Chimkent avtoyo‘lida yonib ketgan eski «Ikarus» avtobusida 52 nafar o‘zbekistonlikning halok bo‘lishi ijtimoiy tarmoqning o‘zbek segmentida ...
31 yanvar 2018
O‘zbek muxolifati lideri, “Erk” demokratik partiyasi raisi Muhammad Solih “Eltuz” muxbiri bilan suhbatda MXX raisining lavozimidan ketishini “O‘zbek xalqi ...
30 noyabr 2018
1992 yilning dekabr oyida Qahramon Xo‘jaqulov yana o‘z manbalaridan jiddiy ma'lumot oladi. Bu safar MXX xodimlari Afg‘onistondan O‘zbekistonga konteynerda ...
21 aprel 2021
2021 yilning 19 mart kuni Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanidagi Yangihayot massivida namunali uylarning tomini shamol uchirib ketgan. Uylar qurilishi ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...