Asosiy mavzular
23 aprel 2019

Shveytsariya sudi Karimovaga tegishli cuper avtomobillar sotuvini to‘xtatdi

Shveytsariya yangiliklarini rus tilida yorituvchi «Nasha gazeta» nashri mamlakat Federal jinoiy sudi Gulnora Karimova ishi yuzasidan ikkita qaror chiqargani haqida yozdi.

Nashrning LeTemps gazetasidan iqtibos keltirishicha, sudning birinchi qarori Karimovaning uchta superkari sotuvi bekor qilinganiga oid.

Hozircha umumiy narxi 1 mln. frankdan oshiq bo‘lgan Mercedes-Benz SLR2DR, Bentley Arnage va Range Rover Sport V8 avtomobillari Karimova 2009 yili 18,2 mln. frankka xarid qilgan Kolonidagi hovli hududida qolmoqda.

Sudning ta'kidicha, mashinalarning kalitlari 2013 yili musodara qilingan, biroq o‘tgan vaqt mobaynida prokuratura ularning taqdiri bilan qiziqmagan.

Sudning ikkinchi qarori ko‘p yillardan beri Gulnora Karimova ishi bilan shug‘ullanib kelayotgan, 2018 yilning sentyabrida norasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lgan prokuror Patrik Lamonning arizasiga taalluqli.

Toshkentga u Shveytsariya bosh prokurori Mikael Lauber va prokuraturaning boshqa xodimlari bilan birga borgan edi. Ushbu safar tafsilotiga izoh ololmagan Gulnora Karimovaning himoyachisi uning shubhali xarakterga egaligini urg‘ulagan. Natijada Karimova ishida bevosita ta'sirga ega bo‘lgan Patrik Lamonning boshqa surishtiruvga o‘tishi kutilmoqda.

Maqolada yozilishicha, prokuratura, o‘z o‘rnida, safardan maqsad tergov davomidagi o‘zaro yordam shartlarini aniqlashtirib olish bo‘lganini bildirgan. Federal jinoiy sud tergov rahbarlarining safari uning ishida foydali bo‘lishi mumkinligi haqida xulosaga kelgan, biroq ularning Shveytsariyaga qaytishi bilan ishda yangi ma'lumotlar paydo bo‘lmagan.

Yuzlab million frank pul esa hisoblarda muzlatilganicha qoldi. O‘tgan yilning iyulida Gulnora Karimovaning advokati Greguar Manja konfederatsiya prokuraturasiga Karimovaning «himoyasi bilan bog‘liq turli xarajatlarni qoplash» uchun zarur 500 million pul yechib olish so‘rovini jo‘natgan edi, deya yozadi Tribunede Genève gazetasi.

Prokuratura advokatning so‘roviga rad javobini surishtiruv natijasiga ko‘ra, muzlatilgan mablag‘ning jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilganiga katta ehtimol borligi bilan dastaklagan.

Bundan tashqari, prokuratura Greguar Manja tayinlangan advokat ekani va uning bu ishiga davlat tomonidan haq to‘lanishini eslatgan.

Aprel oyining boshida Karimovaning advokati Greguar Manja Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi 21-ayollar koloniyasida bo‘lgan. U yerga Karimova uy qamog‘idan so‘ng 5 mart kuni keltirilgan edi. Bu haqda advokat o‘zining Twitterdagi sahifasida yozgandi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi saytida bildirilishicha, 5 yillik qamoq jazosini qizi Imonga tegishli turar joyda o‘tash «mahkumaning o‘z tanloviga ko‘ra» belgilangan. Koloniyaga esa uni cheklov qoidalarini buzgani uchun o‘tkazishgan. Jumladan, unga uyni tark etish, Internet va aloqa vositalaridan foydalanish taqiqlangan edi.

2008 yili Gulnora Karimova O‘zbekistonning BMTdagi va Jenevadagi boshqa xalqaro tashkilotlarda vakil etib tayinlangan edi. Biroq 2013 yili Karimova diplomatik immunitetdan mahrum qilindi: Shveytsariya prokuraturasi pul yuvish gumoni bo‘yicha unga nisbatan jinoyat ishi ochdi va Shveytsariya banklari hisoblaridagi 800 million frankni muzlatdi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 may 2020
Sazoyi Tong otdi. Tiniqib uxlagan Absattor qo‘lini cho‘zib, yonini paypaslab Madinani qidirdi. Madina oshxonada pishir-kuydir qilib yurardi. Asakalik tog‘a ...
25 sentyabr 2018
Toshkentda KFC fastfud restoranlari tarmog‘i ish boshladi. Dastlabki restoran «Buyuk ipak yo‘li» metrosi yaqinida 12 sentyabrda ish boshlagani haqida ...
22 may 2016
O‘g‘uzxon nomidagi Turkmanfilm kinostudiyasi boshlig‘i Saparmuhammad Jolliev o‘tgan hafta “ishda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari” sababli ishdan bo‘shatildi. Bu haqda Turkmanfilm ...
22 sentyabr 2018
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi sobiq direktori Jur'at Meliqulovga jiddiy tan jarohatlari yetkazganlar ustidan tergov yakunlanib jinoyat ishi sudga ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...