Asosiy mavzular
24 iyun 2019

Hokimdan norozi navoiylik faol ochlik e'lon qildi

Navoiy viloyatining Karmana tumanida yashovchi faol, 2-guruh nogironi, 43 yashar Dildora Boymurodova norozilik namoyishiga chiqish haqidagi bildirgisiga viloyat hokimligidan javob yo‘qligi ortidan 20 iyundan ochlik e'lon qilganini aytmoqda.

«Bugun aktsiyamning 4-kuni. Shu paytgacha tuz tatiganim yo‘q. Lekin rasmiylardan hech kim bunga munosabat bildirmadi», dedi Boymurodova 24 iyun kuni «Eltuz» muxbiriga bergan intervyusida.

Dildora Boymurodova 10 iyun kuni prezidentga yozgan 16 banddan iborat murojaatida, jumladan, viloyat hokimi, uning o‘rinbosarlari, viloyat prokuraturasi, IIB va sud idoralari harakatidan noroziligini aytib, yakka holda piketga chiqishini bildirgan edi.

«Eltuz» muxbirining yakka piket uchun rasmiy ruxsat olish shart emas-ku, degan savoliga Boymurodova: «O‘zbekistonda bunday harakat uchun har narsa qilishlari mumkin», deya javob berdi.

Dildora Boymurodova, shuningdek, unga qarshi ochilgan ma'muriy ishning yopiq qolayotgan bayonnomasini berishni, hokimlik tayinlagan ayrim mansabdorlarning ishdan olinishini va oldingi rahhbariyat tomonidan talangan nashriyotni moddiy ta'minlashni talab qilmoqda.

Uning aytishicha, besh nafar ayol 2018 yilning bahorida «Katta machit» mahalla raisining aroqxo‘rligi, kotibasining ta'magirligi ustidan shikoyat qilishgach, raisni ishdan haydashgan, biroq shikoyat qilgan besh ayolga ma'muriy ish ochib, jarima solishgan.

«Viloyat hokimi Qobiljon Tursunov ilgari jinoyati uchun ishdan haydalgan Ikrom Jo‘raevni qaytarib, viloyat veterinariya boshqarmasi boshlig‘i etib tayinladi! Keyin mahalla nizomiga zid ravishda ta'magir kotibani ishga oldi», deydi Boymurodova.

Boymurodova 24 iyun soat 16.00 dan boshlab suv icha boshlagani, bunga qattiq tobi qochib, yotib qolgani sabab bo‘lganini bildirdi. Ayni paytda u ochlik aktsiyasini joriy yilning 10 iyuliga qadar davom ettirishni rejalaganini aytdi.

Eltuz,com

Tag‘in o‘qing
8 oktyabr 2018
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Frantsiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 8 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Frantsiyaga ...
5 yanvar 2022
Qozog‘istonda 2 yanvar kuni yoqilg‘i narxlari ikki barobar oshishi sababli boshlangan g‘alayonlar ortidan hukumat iste'foga chiqarildi. Prezident Qosim Jomart ...
9 aprel 2019
Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanidagi barcha tashkilot va korxona xodimlari 5 aprel kuni prezidentning Farg‘ona viloyatiga tashrifi kutilayotgani bois ommaviy ...
30 sentyabr 2023
Eltuzga kelib tushgan anonim maktubda Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni ta'minlash departamentidagi korruptsiya va noto‘g‘ri boshqaruv haqida so‘z boradi.Departament ...
Bloglar
9 sentyabr 2024
Yaqinda miyani o‘rganish bo‘yicha yirik mutaxassis Tatyana Chernigovskaya ma'ruzasida ayollar bir paytning o‘zida hamma narsaga ...
10 avgust 2024
O‘zbekistonda bir arvoh kezib yuribdi. Bu Karimov arvohi. O‘zbekiston Karimov davridagi paranoyaga qaytib matbuotdagi «arvox» ...
8 avgust 2024
«Arabiston tuprog‘ida bola tug‘ish» maqsadidagi xotinlar va ularni yetaklab ketayotgan erkaklar. Arabistonda o‘qilgan sha'riy nikohga ...