Asosiy mavzular
1 iyul 2019

Amaldorlarga aylanayotgan matbuot kotiblarining jilovi yanada tortiladi

O‘zbekistonda hokimiyat organlarining axborot makonini vertikal nazorat qilishning yangi tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu esa axborotning yagona markazdan turib boshqarilishini yanada kuchaytiradi. 

Mamlakat prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta'minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi yaqinda qabul qilingan farmonidan aynan shunday xulosa kelib chiqadi. 

Hujjatga ko‘ra, bu farmon “OAV faoliyati uchun maksimal darajada qulay sharoitlar yaratish, …tezkor, xolis va to‘liq axborot yetkazish, …davlat hokimiyati organlari faoliyati shaffofligini oshirish” kabi maqsadlarni ko‘zlaydi. 

Lekin hujjat mohiyatidan kelib chiqilsa, barcha davlat tashkilotlarining matbuot xizmatlari nazorati prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga o‘tayotganini ko‘rish mumkin. 

Jumladan, idora va muassasalar “axborot siyosati sohasida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda” mazkur agentlik bilan hamkorlikda ishlashi belgilandi.

O‘zbekistonda mavjud tuzum sharoitida bu “hamkorlik” qanday tushunilishini, unga qanday amal qilinishini taxmin etish uchun folbin bo‘lish shart emas.

Qolaversa, hokimiyat organlari matbuot xizmatlari rahbarlarini tayinlash shunday ham mamlakatdagi axborot makonini monopollashtirish harakatlarini davom ettirayotgan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi vakolatiga o‘tkazildi. 

“Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari… agentlik yoki uning hududiy bo‘linmalari xulosasini hisobga olgan holda lavozimga tayinlanadi”, deb hujjatdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari, mazkur agentlikka matbuot xizmatlari rahbarlarini har uch yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkazish vakolati ham berildi. 

Matbuot kotibining axborot siyosati masalalari bo‘yicha rahbarning maslahatchisi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlariga ko‘ra davlat organi va tashkiloti rahbarining o‘rinbosariga tenglashtirilishi fonida agentlikning ularni tayinlashga bosh-qosh bo‘lishi ko‘p narsani anglatadi. 

Bunday imtiyozlar sabab matbuot kotiblari agentlikning qosh-qovog‘iga qarab ishlashi kundek ravshanlashadi. 

Agentlikning davlat organlarining axborot xizmatlarini muvofiqlashtirish bo‘limi Axborot xizmatlari faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi sifatida qayta tashkil etilishi esa ular ustidan nazorat har qachongidan kuchli bo‘lishidan darak berib turibdi. 

Axborot qachon shaffof bo‘ladi-yu, qachon ob'ektiv bo‘lishini davlat idorasining inon-ixtiyori hal etadigan O‘zbekistonda hokimiyat organlarining ma'lumotlar tarqatishini monopollashtirish matbuot erkinligi uchun salbiy oqibatlar keltirib chiqarishi ehtimoli yuqori. 

Masalan, o‘zi hozir ham ulardan tezkor ma'lumot olish ancha mushkul ish. Endi esa ular bunday ma'lumotlarni tarqatishdan oldin Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan kelishishga intiladi. 

Bu esa ma'lumot olish jarayonini yanada qiyinlashtirsa qiyinlashtiradiki, aslo ijobiylikka xizmat qilmaydi. 

Marhum rus siyosatchisi Viktor Chernomirdin aytganidek, yaxshiroq qilishni xohlagandek, lekin har doimgidek bo‘lib chiqdi (“Xoteli kak luchshe, poluchilos kak vsegda”).

“Eltuz”ning O‘zbekistondagi hamkori
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 mart 2022
Qozog‘iston muxolifati lideri Muxtor Ablyazov Feysbuk sahifasida 7 mart kuni Rossiya kommunistlari lideri Zyuganovning navbatdagi shovinistik chiqishi ortidan quyidagi ...
1 noyabr 2017
31 oktyabr kuni Nyu Yorkda o‘zbekistonlik 29 yoshli Sayfullo Saipov sodir etgan terror aktida 8 kishi o‘ldi, 11 kishi ...
2 may 2018
1 may kuni Turkiya prezidenti Rejab Toyib Erdo‘g‘onning O‘zbekistonga rasmiy safari nihoyasiga yetdi. O‘zbekistonning Turkiy tilli davlatlar kengashiga qo‘shilgani ...
27 fevral 2018
Andijon viloyat Ankologiya dispanseriga Oltinko‘l tumanidan ko‘krak bezi saratoni tashxisi bilan yotqizilgan bemorlar soni ko‘paymoqda. Aholisi 155 ming kishi ...
Bloglar
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...
12 yanvar 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek ...