Asosiy mavzular
20 sentyabr 2019

Xususiylar foyda keltiradi, davlatniki faqat zarar

O‘zbekiston hukumati Toshkent shahridagi davlatga tegishli yo‘lovchi tashish transporti tashkilotlarining ko‘rgan zararlarini to‘lab bermoqda. 

Xususan, Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan, “Toshshahartransxizmat” AJning qariyb 39 milliard so‘m, “Toshkent metropoliteni” UKning esa 9 milliard so‘mlikdan ortiq xarajatlari davlat hisobidan qoplanadi. 

Qarorda bildirilishicha, mazkur tashkilotlarning bu zararlari 2018 yil va joriy yilning birinchi choraklari davomida yuzaga kelgan. 

Ta'kidlash kerakki, bu mablag‘lar mazkur tashkilotlarning yoqilg‘i va elektr energiyasi bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorliklarini so‘ndirishga yo‘naltiriladi. 

Bu xabarni o‘qir ekansiz, “Nahotki, xususiylar foyda bilan ishlaydigan sektorda davlatga tegishlilari faqat zarar ko‘radi, axir yo‘l haqi bir xil-ku?” yoki “Xususiylarning ham zarari qoplab beriladimi?” kabi savollar paydo bo‘lishi tabiiy.

Hali yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi xususiy firmalar davlat tomonidan subsidiyalanishi haqida eshitmaganmiz. Demak, ular foyda bilan ishlaydi.

Unda davlatga tegishli bunday korxonalar zarar bilan ishlashiga sabab nima?

“Men agar kuniga uyimga 200 ming so‘m olib kirmasam, bu avtobusni haydamayman. Chiptachim ham 100 ming ishlaydi kamida”, deydi “Eltuz” bilan suhbatlashgan haydovchilardan biri. 

Uning aytishicha, hech qaysi haydovchi faqat oylik maoshga ishlamaydi. Ular davlatga topshirganidan tashqari o‘z cho‘ntagini ham unutmaydi. 

Xususiy firmalar haydovchilariga esa muayyan miqdordagi kunlik tushumni topshirish majburiyati bor. Ular shu summani ishlab topmasa, yonidan bo‘lsa ham to‘lashi kerak. Bu summa xususiy firmaning xarajatlarini qoplab, foyda ko‘radigan darajada belgilangan. 

“Endi tasavvur qiling-chi, davlatga tegishli avtosaroylarda ishlaydiganlar tomonidan qancha tushum talon-taroj qilinayotgan ekan. Kuniga yuzlab million so‘m”, deydi sohaga aloqador manba “Eltuz bilan suhbatda. 

Uning ta'kidlashicha, bu mablag‘ning muayyan bir qismi mazkur avtosaroylarning rahbarlari cho‘ntagiga tushadi. Shu bois, bu tizimdan davlat zarar ko‘raveradi.

“Davlat bu zararni qoplash qarorini yo‘l haqi tariflari o‘sib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik zarurati bilan asoslaydi. Holbuki, xususiy firmalar shu tarif bo‘yicha ishlaydi, ammo zarar ko‘rmaydi. 

Demak, muammo ildizi mavjud tarifda emas, balki mablag‘larning talon-taroj qilinayotganida”, deydi “Eltuz” manbasi. 

Uning fikricha, muammoni hal etishning yo‘llaridan biri barcha yo‘lovchi tashish tashkilotlarini xususiylashtirish bo‘lishi mumkin. Ammo qatnov jadvallariga rioya etilishini qat'iy nazorat qilishga to‘g‘ri keladi.

“Aks holda xususiy firmalar haydovchilari yo‘lovchi kam paytlarda shunchaki yurmay qo‘ya qoladi”, deydi manba.

“Eltuz” hamkori
eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 aprel 2022
Ukrainada bedarak ketgan 11 nafar surxondaryoliklarning so‘ngi videosi Bucha tumaniga qarashli Kolonshchina qishlog‘i bozor qorovuli tomonidan 1 mart kuni ...
27 iyul 2018
2003 yilning iyuli. Zona boshliqlariga dunyoning hamma joyidan Muhammad Bekjon nomiga xatlar kelayotgani yoqmaydi. Ular vaziyatga qarab ish ko‘rishga ...
26 dekabr 2023
G‘allaorol sudi tanishini Turkiyaga jalablikka yubormoqchi bo‘lgan ayol ozodligini uch yilga chekladi. Sud 23 yoshli sudlanuvchi Ozoda Hazratqulovani O‘zbekiston ...
12 yanvar 2017
Kun.uz sayti garchi mayda-chuyda bo‘lsa-da, muammolarni ko‘tarib chiqishda davom etmoqda. Bu muammolarning yechimlari va sabablari chuqur ochib berilmayotganiga qaramay, ...
Bloglar
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...
12 yanvar 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek ...